"10D100.05.102sb2 yuqori tirsakli valini" xarid qilish uchun o‘tkazilayotgan eng yaxshi takliflarni saralab olish tо‘g‘risida E’LON
"10D100.05.102sb2 yuqori tirsakli valini"
xarid qilish uchun o‘tkazilayotgan
eng yaxshi takliflarni saralab olish tо‘g‘risida
E’LON
Mazkur eng yaxshi takliflarni saralab olish “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ lokomotiv xо‘jaligi boshqarmasining texnik qurilmalariga hizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish doirasida o’tkazilmoqda.
Sotib olish predmeti: 10D100.05.102sb2 yuqori tirsakli vali – 30 dona.
Taklif topshirishning so’nggi muddati: 2024-yil 31-yanvar, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 gacha.
1. Eng yaxshi takliflarni saralab olishda qatnashish istagi bor barcha manfaatdor ishlab chiqarish korxonalari va ularning rasmiy dilerlari (distributorlari) uchun ochiqdir.
2. Tо‘lov shartlari:
rezidentlar uchun – Buyurtma qilingan tovar partiyasi summasining 15% miqdorida oldindan to‘lov, qolgan 85% to‘lov barcha tovarlar еtib kelgandan so‘ng;
norezidentlar uchun – qaytarib olinmaydigan, hujjatli, bо‘linadigan, tо‘ldiriladigan akkreditiv;
3. Toʻlov valyutasi:
rezidentlar uchun – milliy valyuta, Sо‘m ;
norezidentlar uchun - AQSH dollari, Evro, Rossiya rubli.
4. Yetkazib berish shartlari:
rezidentlar uchun – Buyurtmachi omboriga yetkazib berish, Toshkent sh., Sergeli massivi, Proektnaya G-24 kо‘ch.;
norezidentlar uchun – DAP Toshkent, О‘zbekiston Respublikasi, amaldagi INCOTERMS 2010 qoidalariga muvofiq;
- temir yo’l orqali - Sergeli bekati, “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ stansiya kodi – 723507, “Temiryo’lta’min” MCHJ filialiga yetkazib berish bilan , kod 7175/
- avtomobil transporti orqali - О‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sergeli massivi , Proektnaya G-24 kо‘ch., “Temiryo’lta’min” MCHJning bojxona ombori, ombor raqami 026/0083.
5. Yetkazib berish muddati:
rezidentlar uchun - tovarlar partiyasi uchun avans tо‘lovi olingan kundan boshlab 180 kun ichida;
norezidentlar uchun - akkreditiv ochilgan/tо‘ldirilgan kundan boshlab 180 kun ichida.
Ishtirokchining tovar uchun tо‘lov shartlari va yetkazib berish muddati E’lonning
2-5-bandlariga muvofiq bо‘lishi kerak. Boshqa shartlar bilan taqdim qilingan tijorat takliflari qabul qilinmaydi.
6. О‘zbekiston Respublikasiga kelib tushgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi:
rezidentlar - Yetkazib beruvchi hisobidan;
norezidentlar - Buyurtmachi hisobidan.
Bunda bojxona rasmiylashtiruvi uchun qо‘shimcha xarajatlarni hisobga olish yoki chegirib tashlash ishtirokchilarning takliflarini baholash jarayonida amalga oshiriladi.
7. Tovarga tegishli texnik va boshqa hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- muvofiqlik sertifikati (deklaratsiyasi);
- tovarning kelib chiqishi sertifikati;
- tovarning sertifikati va/yoki sifat pasporti;
- taklif etilayotgan tovarlarning texnik tavsiflarini taqqoslash jadvali (1-shakl);
- texnik xususiyatlar va/yoki chizmasi (afzalroq).
8. Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- soliq va yig‘imlarni tо‘lash bо‘yicha muddati о‘tgan qarzlarning yo’qligi ( Joriy saralash davri uchun ma’lumotnoma ishtirokchi joylashgan joydagi vakolatli organdan taqdim etiladi);
- kafolat xati (2-shakl);
- ishtirokchi haqida umumiy ma’lumot (3-shakl).
Ishtirokchilar barcha kerakli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak. Aks holda, ishtirokchi diskvalifikatsiya qilinadi.
9. Ishlab chiqarish korxonalari va ularning rasmiy dilerlari (distributorlari) tijorat taklifi bilan bir qatorda zarur texnik hujjatlarni (spetsifikatsiyalar va/yoki tovar ishlab chiqarish huquqini tasdiqlovchi hujjat) taqdim etishlari shart. Agar ishtirokchi ishlab chiqaruvchi bо‘lmasa, unda ishtirokchi dilerlik/distribyutorlik shartnomasini taqdim etishi kerak .
10. Ishtirokchilar texnik topshiriq va tegishli hujjatlarni quyida keltirilgan ilova orqali yuklab olishlari mumkin.
Ishtirokchilar qо‘shimcha ma’lumot va texnik topshiriqni о‘rganish jarayonida vujudga kelgan savollar bo’yicha quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
“О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ
Oʻzbekiston, Toshkent sh., 100060, T. Shevchenko koʻch. 7.
tel: +998 (71) 237-81-40
Elektron pochta: nt.z@uzrailway.uz
11. Ishtirokchilarning takliflari quyidagi manzilga:
Oʻzbekiston, Toshkent, 100060, Taras Shevchenko koʻch. 7.
yoki elektron manzil orqali: nt.z@uzrailway.uz taklifni arxivga joylab, kirish uchun login va parolni taqdim etadigan mas’ul aloqador shaxsni kо‘rsatgan holda (agar taqdim etilgan fayl ishtirokchi tomonidan shifrlangan bо‘lsa) yuboriladi.
Mas’ul shaxs telefon raqamlarini va elektron pochtasini kо‘rsatishi kerak.
12. Takliflarni baholash jarayonida Xarid komissiyasi eng yaxshi takliflarni saralab olish ishtirokchilaridan ularning takliflari bo'yicha savollar so'rashi mumkin. Tushuntirish jarayonida taklifning mohiyatini, shuningdek, narxni o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi.