Iqtidorli yoshlar


Isroilov Otabek Batirovich 1988 yil 28 iyulda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug'ilgan. 2018 yil 28 iyun kuni hurmatli Prezidentimizning PQ-3816 sonli qarorlari bilan “Mard o'g'lon” Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Isroilov Otabek Batirovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent MTU” UKning Jizzax temir yo‘l masofasi boshlig’I o’rinbosari, korxona yoshlar yetachilsi.



Sadriddinov Oqiljon Alijon o'g'li 1990 yil 4 iyulda Navoiy viloyatida tug'ilgan. Oqiljon Sadriddinov “O'zbekiston temir yo'llari” AJ da Yetakchilar Kengashi raisi vazifasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. U 2019 yilda “O'zbekiston belgisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.


Xulkar Sherzodova Sherzod qizi 2001 yil 6 aprelda Toshkent viloyati Oqqorg’on tumanida tug’ilgan. 2019 yilda "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo’ldi. Toshkent davlat transport universiteti "Transport tizimlari boshqaruvi" fakulteti talabasi. Toshkent temir yo’l texnikumi xodimi.


Aliqulov Sherzod Sherxon o'g'li 1998 yilning 30 iyul kuni Surxondaryo viloyati Termiz shaxrida ziyoli oilada tavallud topgan. Hozirgi kunda Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli G'alaba stantsiyasiga yuk qabul qiluvchisi va topshiruvchisi vazifasida faoliyat yuritadi. 2016 yilda Qozog'iston Respublikasida Osiyo chempionatida ishtirok etib faxrli 1-o'rinni egallab oltin medal sohibi bo'lgan. 2017 yilda Tayland davlatida bo'lib o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etib 3-o'rinni egallab kumush medal sohibi bo'lgan. 2017 yilda Turkiya davlatida bo'lib o'tgan Jahon festivali 3-o'rin sohibi. 2018 yilda Qirg'iziston bo'lib o'tgan Xalqaro turniri oltin medal sohibi.