• Eshanqulov Rasuljon Nodir o’g’li
    Yetakchilar Kengashi raisi v.b.

    Eshanqulov Rasuljon Nodir o’g’li

    • Qisqacha tarjimai hol

      1990 yilda Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanida tug'ilgan. Millati - o'zbek.
      Ma'lumoti - oliy.

      2015 yilda Toshkent temir yo'l muhandislari instituti telemexanika kasbiy ta’limi mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

      Mehnat faoliyatini 2015 Toshkent temir yo’l mintaqaviy uzeli To’qimachi bekati operatori lavozimidan boshlagan.

      2016-17 yil Toshkent temir yo’l mintaqaviy uzeli To’qimachi bekati yuk poyezdlari bosh konduktori.

      2017 yilda Toshkent temir yo’l mintaqaviy uzeli To’qimchi bekati navbatchisi.

      2017-20 yil Toshkent temir yo’l mintaqaviy uzeli hududiy yoshlar yetakchilar Kengashi raisi

      2020 yildan h.v. - "O'zbekiston temir yo'llari" AJ yetakchilar Kengashi raisi o’rinbosari v.b.

    • Lavozim majburiyatlari
      • Oʼzbekiston Respublikasining qonun va qonun osti hujjatlari, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqining Ustavi hamda “Oʼzbekiston temir yoʼllari” aktsiyadorlik jamiyati ichki tartib-qoidalariga rioya qiladi;

      • yetakchilar Kengashining yillik dasturini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

      • yillik Dasturda belgilangan tadbirlarni tashkil etadi;

      • yillik dasturda belgilangan vazifalarning toʼliq bajarilishi yuzasidan boshlangʼich tashkilot yoshlar yetakchilari hisobotlarini yigʼadi;

      • yillik Dasturni tizimda ijrosini monotoring qiladi va bajarilgan ishlar yuzasidan yd.uz saytiga maʼlumotlarni yuklaydi;

      • yoshlarga tegishli masalalar yuzasidan buyruq, nizom loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi va uni tasdiqlash yuzasidan masʼullar bilan kelishadi;

      • yoshlarga oid Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, qaror va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ rahbariyati buyruqlari hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi topshiriqlarini tizim tasarrufidagi boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalar yoshlar boshlangʼich tashkilot yetakchilarga yetib borishini taʼminlaydi;

      • “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ miqyosida yoshlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy va sport tadbirlarini tashkil etadi;

      • yoshlarga oid Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, qaror va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ rahbariyati buyruqlari hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi topshiriqlari bajarilishini monitoring qiladi va ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli taklif kiritib boradi;

      • Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, qaror va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ rahbariyati tomonidan tasdiqlangan yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlar saqlanishiga masʼul hisoblanadi;

      • “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ yoshlar yetakchilar Kengashi raisiga oʼz faoliyati toʼgʼrisida hisobot beradi;

      • oʼz faoliyatiga doir maʼlumotlarni tarqatish, targʼib etish maqsadida yigʼilish, majlis, seminar, anjuman va davra suhbatlari tashkil etadi;

      • yoshlar boshlangʼich tashkilot yetakchilari ishini rivojlantirish boʼyicha amaliy koʼmak beradi.

      • “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ tizimidagi yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, ragʼbatlantirish, ijtimoiy himoya qilish maqsadida yoshlar boshlangʼich tashkilot yetakchilari bilan hamkorlikda yoshlar roʼyxatini shakllantiradi hamda ular toʼgʼrisida maʼlumot yigʼadi;

      • Huquqlari: “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ tasarrufidagi boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilariga mazkur lavozim yoʼriqnomasida koʼrsatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʼliq masalalar boʼyicha majburiy koʼrsatmalar berish va nazorat qilish huquqiga ega.

      • Javobgarligi: mazkur lavozim yoʼriqnomasida koʼrsatilgan vazifalarni bajarilishiga javobgar.

  • Sadriddinov Oqiljon Alijon o’g’li
    Yetakchilar Kengashi raisi o’rinbosari v.b.

    Sadriddinov Oqiljon Alijon o’g’li

    • Qisqacha tarjimai hol
      1990 yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug'ilgan. Millati - o'zbek. Ma'lumoti - oliy.
      2015 yilda Toshkent temir yo'l muhandislari instituti texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.
      Mehnat faoliyatini 2015 Toshkent temir yo’l mintaqaviy uzeli buxgalteriya hisoblariga ishlov berish bo’limi operatori lavozimidan boshlagan.
      2015 yilda Toshkent temir yo’l mintaqaviy uzeli kadr va ijtimoiy masalalar noziri, kadrlar va ijtimoiy masalalar bo’limi boshlig’I v.b.
      2016 yilda Toshkent temir yo’l mintaqaviy uzelining ish yuritish bo’yicha yetakchi mutaxassisi lavozimida (uzel boshlig’I yordamchisi).
      2016-17 yil "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Markaziy poliklinikasi EVM operatori.
      2017 yil Toshkent temir yo’l muhandislari instituti magistri.
      2017-19 yil "O'zbekiston temir yo'llari" AJ yetakchilar Kengashi raisi o’rinbosari.
      2018 yil Toshkent temir yo’l muhandislari institutining “Avtomatika va telemexanika” kafedrasi asistenti.
      2019 yildan h.v. - "O'zbekiston temir yo'llari" AJ yetakchilar Kengashi raisi v.b.
    • Lavozim majburiyatlari
      • “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ yetakchilar Kengashi raisi — temir yoʼl tizimidagi barcha boshlangʼich tashkilot yetakchilarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalarini toʼlaqonli roʼyobga chiqarishga masʼul hisoblanadi;
      • yoshlarga oid davlat siyosati borasida olib borilayotgan ishlarni temir yoʼl tizimida ijrosini taʼminlash boʼyicha yetakchilar Kengashi faoliyatini tashkillashtiradi;
      • etakchilar Kengashining yillik dasturini ishlab chiqadi va uning ijrosini taʼminlashda masʼul hisoblanadi;
      • “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ yetakchilar Kengashining yoshlar siyosatiga oid idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
      • yoshlarga oid Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, qaror va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ rahbariyati buyruqlari hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi topshiriqlarini temir yoʼl tizimida yoshlar yetakchilari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi va ijrosi taʼminlanishi yuzasidan tegishli takliflar kiritib boradi;
      • “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayoniga jalb qiladi. Ularning huquq va manfaatlarini himoya qilib, kasbiy, ijodiy intilishlarini qoʼllab-quvvatlaydi;
      • temiryoʼlchi yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis boʼlib yetishishi, maʼnaviy, maʼrifiy va intellektual darajasi yuqori, mamlakat hamda temir yoʼl tarmogʼi rivojiga oʼzining munosib xissasini qoʼsha oladigan yoshlarning tashabbus, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda koʼmaklashadi;
      • “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalarida yoshlar yetakchilari saylovida ishtirok etadi;
      • “Oʼzbekiston temir yoʼlllari” АJ rahbariyati hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan berilgan buyruq va topshiriqlarni bajarilishini taʼminlaydi;
      • jamoat tashkilotlari bilan yoshlar masalalarida hamkorlikni yoʼlga qoʼyish ishlarini tashkillashtiradi;
      • tizimda faoliyat olib borayotgan namunali yoshlar boshlangʼich tashkilotlariga faol yoshlar tashrifini tashkil qilgan holda, oʼzaro tajriba almashish ishlarini tashkil qiladi, joylarda yoshlar bilan muloqot olib borilishini taʼminlaydi;
      • ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida tizim rahbariyatiga taklif kiritadi;
      • Oʼzbekiston Respublikasining qonun va qonun osti hujjatlari, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqining Ustavi hamda “Oʼzbekiston temir yoʼllari” aktsiyadorlik jamiyatining ichki tartib-qoidalariga rioya qiladi;
      • “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashiga yetakchilar Kengashi faoliyati toʼgʼrisidagi hisobotlarni oʼrnatilgan tartibda taqdim etadi;
      • Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJdagi yoshlar masalalari bilan bogʼliq komissiyalar ishida, boshqaruv kengashi yigʼilishlarida temiryoʼlchi yoshlar nomidan ishtirok etib, takliflar kiritadi;
      • faol va intiluvchan yoshlarni tizim rahbariyatiga yuqori lavozimlarga, davlat mukofotlariga nomzodini berish boʼyicha tafsiya kiritish;
      • yoshlarga ish faoliyatini olib borishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratilganligini nazorat qilib, mazkur masala yuzasidan mutasaddi rahbarlarga taklif kiritadi;
      • “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ tasarrufidagi boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan boshlangʼich tashkilot yetakchilari va yoshlarni ragʼbatlantirish yoki intizomiy chora koʼrish toʼgʼrisida temir yoʼl tizimi rahbariyatiga taklif kiritadi;
      • yoshlar oʼrtasida mehnat va ishlab chiqarish intizomini taʼminlashda koʼmaklashadi;
      • “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ yetakchilar Kengashi faoliyatiga doir maʼlumotlarni tarqatadi, targʼib qiladi;
      • etakchilar Kengashi faoliyati yuzasidan yigʼilish, majlis, anjuman, seminar va davra suhbatlari tashkil etadi.
      • Huquqlari: “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ tasarrufidagi boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilariga mazkur lavozim yoʼriqnomasida koʼrsatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʼliq masalalar boʼyicha majburiy koʼrsatmalar berish va nazorat qilish;
      • temiryoʼlchi yoshlar tomonidan murojaat qilinganda, ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan boʼshatish masalalari yoki intizomiy jazo choralarini qoʼllanilishi oldidan munosabat bildirish huquqiga ega;
      • Javobgarligi: mazkur lavozim yoʼriqnomasida koʼrsatilgan vazifalarning bajarilishiga javobgar.