TENDER ISHTIROKCHILARI UCHUN TAKLIFLAR

Tender ishtirokchilari uchun takliflar

Sana: 2022-yil 31-mart

Kredit raqami va loyiha nomi L4170-UZB: Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik koridori 2 doirasida temir yoʻlni elektrlashtirish loyihasi (Buxoro-Miskin-Urganch-Xiva)
Shartnoma paketi BX-01: Elektr taʼminoti bilan bogʻliq boʻlgan infrotuzilma uchun uskunalar (loyihalash, yetkazib berish, oʻrnatish)

1-lot: Yangi tortish podstansiyalari va seksiyalash postlari;
2-lot: Tashqi elektr taʼminoti;
3-lot: Amaldagi tortish podstansiyalari va seksiyalash postlarini modernizatsiya qilish.
Tender takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati 2022-yil 30-iyun, Toshkent vaqti bilan 14:30

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik 2-koridori doirasidagi temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish (Buxoro-Miskin-Urganch-Xiva) loyihasi xarajatlarini qoplash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan (OTB) moliyalashtirdi va ushbu moliyalashtirishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini yuqoridagi shartnoma boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishni moʻljallagan. Ushbu mablagʻning bir qismi yuqoridagi shartnoma boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Shartnoma Osiyo infratuzilma investitsiya banki (AIIB) bilan birgalikda moliyalashtiriladi. Savdo jarayoni OTBning muvofiqlik qoidalari va tartib-qoidalariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Mamlakatga xos cheklovlar yoʻq.

2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati (“Buyurtmachi”) tender ishtirokchilaridan quyidagi lotlarni qurish va tugatish boʻyicha muhrlangan tender takliflarini taklif etadi:
1-lot: Yangi tortish podstansiyalari va seksiyalash postlari;
2-lot: Tashqi elektr taʼminoti;
3-lot: Amaldagi tortish podstansiyalari va seksiyalash postlarini modernizatsiya qilish.
Savdo ishtirokchilari tender hujjatlarida koʻrsatilgandek, bir yoki bir nechta lotlar boʻyicha takliflarini taqdim etishlari mumkin.

3. Ochiq tanlov savdolari OTB tartibiga muvofiq bir bosqichda, bitta konvertda va tender hujjatida koʻrsatilganidek, barcha munosib ishtirokchilar uchun ochiq tarzda oʻtkaziladi.

4. Ushbu tenderda faqat quyidagi asosiy malakaga ega boʻlgan talabgorlar ishtirok etadilar:
(a) Savdo ishtirokchisining joriy moliyaviy holatini koʻrsatish uchun auditorlik balansi yoki agar ishtirokchi mamlakati qonunchiligi talab qilmasa, soʻnggi 3 yil davomida Xaridor uchun maqbul boʻlgan boshqa moliyaviy hisobotlarni taqdim etish. Eng kamida, jami aktivlar va jami majburiyatlar oʻrtasidagi farq sifatida hisoblangan Savdo ishtirokchisining sof aktivlari qiymati ijobiy boʻlishi kerak.
(b) Oxirgi 3 yildagi minimal oʻrtacha yillik aylanma:
1-lot uchun: 20,1 mln doll(AQSH);
2-lot uchun: $20,0 mln doll(AQSH);
3-lot uchun: 11,15 mln doll(AQSH);
(ye) Quyidagi asosiy faoliyatlarda tajriba:
1-lot boʻyicha: yirik temir yoʻl tizimlarida tortish podstansiyalari va seksiyalash postlarini loyihalash, yetkazib berish, oʻrnatish va ishga tushirish;
2-lot boʻyicha: tortish podstansiyalari uchun tashqi elektr taʼminoti tizimini loyihalash, yetkazib berish, oʻrnatish va ishga tushirish;
3-lot uchun: tortish podstansiyalari va seksiyalash postlarini modernizatsiya qilish.

5. Qoʻshimcha maʼlumot olish va tender hujjatlari bilan tanishish uchun ishtirokchilar quyidagi manzilga murojaat qilishlari kerak:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Oʻzbekiston temir yoʻllari, OʻTY)
Diqqat: N.S. Erkinov, GRP-ET boshligʻi, 306-xona
Oʻzbekiston, Toshkent, 100060, A. Temur koʻchasi, 4
faks: 998 (71) 236-4920
tel: 998 (71) 236-4802
Elektron pochta: utypiu@gmail.com

6. Tender hujjatlarini ingliz tilida olish uchun talabgorlar yuqoridagi manzilga murojat etib bepul olishlari mumkin:
Shartnoma paketi BX-01: Elektr taʼminoti bilan bogʻliq boʻlgan infrotuzilma uchun uskunalar (loyihalash, yetkazib berish, oʻrnatish):
1-lot: Yangi tortish podstansiyalari va seksiyalash postlari;
2-lot: Tashqi elektr taʼminoti;
3-lot: Amaldagi tortish podstansiyalari va seksiyalash postlarini modernizatsiya qilish.

7. Taklifingizni yetkazing:
• yuqorida kursatilgan manzilga
• Takliflarni qabul qilish muddati tugashiga yoki undan oldin: 2022-yil 30-iyun, Toshkent vaqti bilan 14:30
• Tender hujjatlarida koʻrsatilganidek, taklif kafolati bilan birga.
Tijorat takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati tugagandan soʻng, darhol ishtirok etishni xohlovchi ishtirokchilarning vakillari ishtirokida ochiladi.

8. Tanlov oldi yigʻilishi 2022-yil 27-aprel kuni soat 15:00 da (Toshkent vaqti bilan) Zoom orqali oʻtkaziladi. Tender hujjatlarini rasman olgan barcha ishtirokchilar uchrashuvdan 7 kun oldin havola (sыlka) oladilar.

Дополнительная навигация по сайту