Yuk tashuvchilar diqqatiga!

Vagonlarni qo‘yib berish va olib chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Nizomining 43-moddasiga muvofiq vagonlarni shoxobcha yo‘llariga qo‘yib berish va olib chiqish uchun yangi stavkalarni 2026 yil 16 martdan amal qilishini ma’lum qiladi:

- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli lokomotiv bilan umumiy foydalanishda bo‘lmagan shoxobcha yo‘llariga (temir yo‘l liniyasi shoxobcha yo‘l egasiga tegishli bo‘lgan) vagonlarni qo‘yib berish va olib chiqishda 
1-son jadvalga asosan;

- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli lokomotiv bilan  umumiy foydalanishda bo‘lmagan shoxobcha yo‘llariga (temir yo‘l liniyasi “UTY” AJga tegishli bo‘lgan) vagonlarni qo‘yib berish va olib chiqishda 
2-son jadvalga asosan;

- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli bo‘lmagan lokomotivlarda, temir yo‘l liniyasi “UTY” AJga tegishli bo‘lgan umumiy foydalanishda bo‘lmagan shoxobcha yo‘llariga (temir yo‘l liniyasi “UTY” AJga tegishli bo‘lgan) vagonlarni qo‘yib berish va olib chiqishda 3-son jadvalga asosan.
 
Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlarning xarajatlarini qoplash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2026 yil 16 martdan shartnomaviy (erkin) narxlarning  yangi tarif qiymatlari amal qilishini ma’lum qiladi.

Batafsil:bu erda


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI