Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha 2026-2028 yillar uchun imzolangan Bosh jamoa kelishuvi va amaldagi Tarmoq jamoa kelishuvining tegishli bandlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va qonunosti normativ huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni inobatga olib, yangi tahrirdagi Tarmoq jamoa kelishuvi loyihasini ishlab chiqish maqsadidajoriy yilning 5 fevral kuni doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Shu munosabat bilan, 2026-2028 yillar uchun yangi tahrirdagi Tarmoq jamoa kelishuvi loyihasi ko‘rib chiqildi. Barcha taklif va o‘zgartirishlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Ma’lumot uchun, yangi tahrirdagi Tarmoq jamoa kelishuvi shu yilning 1 martiga qadar qabul qilish choralari ko‘rilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI