"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va "UZINFOCOM" MCHJ o‘rtasidagi raqamli hamkorlikning yangi bosqichi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "UZINFOCOM" MCHJ bilan hamkorlikda Andijon shahrida joylashgan "Andijon mexanika zavodi" AJga tashrif buyurdi. Korxona sohani raqamli transformatsiya qilish dasturining asosiy elementi bo‘lgan - ERP tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirish uchun sinov maydoniga aylandi.

Tashrif chog‘ida zavodning joriy biznes jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv ishtirokchilari korxona faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarish jarayonlari holatini atroflicha tahlil qildi.

Zavodning joriy va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Batafsil o‘rganish doirasida buyurtmani qabul qilishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayon, vagonlarni ta’mirlash va ishlab chiqarish, shuningdek, amaldagi va joriy etilishi rejalashtirilgan axborot tizimlari kabi ishlab chiqarishning asosiy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida - umumiy ishlab chiqarish jarayonining texnologik xaritasini ishlab chiqish va loyihaoldi ishlarini boshlash tashabbusi qabul qilindi. Ushbu qadamlar jarayonlarni optimallashtirish va standartlashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida korxona faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va "UZINFOCOM" MCHJ o‘rtasidagi hamkorlik raqamli transformatsiya yo‘lidagi muhim qadam bo‘lmoqda. ERP tizimini joriy etish nafaqat axborot texnologiyalari integratsiyasini kuchaytiradi, balki ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish sifatini sezilarli darajada yaxshilashni ta'minlaydi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI