“Ma'naviyat – inson koʼzgusi” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi

“Temiryo‘lekspress” AJda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi vagon kuzatuvchilari bilan tashkil etilgan “Maʼnaviyat – inson ko‘zgusi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish, kasbiga bo‘lgan masʼuliyat, majburiyat va burchlar xususida so‘z borildi.

“Temiryo‘lekspress” AJ bosh direktori Dilshod Hojakbarov tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi maslahatchisi Hulkar Hotamboyeva, “Temiryo‘lekspress” AJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Nodira Ramazonova, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar mutaxassisi Nilufar Mirxamidova va korxona ishchi-xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida ma’naviyatni yuksaltirish muhimligi ta’kidlanib, jamiyat oldidagi mas’uliyat va burchlar muhimligi ta’kidlanib, kasbiy mas’uliyatning inson shaxsini shakllantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar maʼnaviyatni rivojlantirish va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradigan asosiy jihatlarni taʼkidlab, fikr va tajriba almashdilar.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi



0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI