“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi tizimidagi notijorat maqsadida tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan davolash-profilaktika muassasalari haqida

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi tarkibidagi “Salomatlik” tibbiy sanitar yordam poyezdi muntazam ravishda, jamiyat rahbariyati tasdiqlagan rejaga asosan Respublikaning noqulay ekologik sharoitli xududlarda istiqomat qilayotgan temiryo‘lchilar, ularning oila aʼzolari, hamda xududlardagi aholi va bolalarga beminnat tibbiy-sanitariya va madaniy-oqartuv ishlarini amalga oshirish uchun xizmat safarlariga chiqib kelmoqda. Poyezd tarkibida turli tibbiy mutaxassisliklardagi 24 nafar shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Ushbu xududlarda tibbiy yordam bilan 6 000 nafar katta yoshdagilar, ayollar, bolalar, pensionerlar “Salomatlik” poyezdi mutaxassislari tomonidan qamrab olinmoqda. Ularga chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar, shu jumladan flyuorografiya, UTT, laboratoriya tekshiruvlari, tor doiradagi malakali mutaxassis-shifokorlar maslahati yashash joylarida amalga oshirilmoqda. “Salomatlik” poyezdi tomonidan aniqlangan diagnozlarga ko‘ra, aholiga baʼzi dori-darmon va gigiyena vositalari bilan ham taʼminlab kelmoqda.

 “O‘zbekiston temin yo‘llari” AJ “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi tizimida “Burchmullo”, “Yangi avlod”, “Qibray”, “Temiryo‘lchi” va “Alovuddin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyat ko‘rsatadi. Bu oromgohlarda mavsumda 5300 nafar bolalar sog‘lomlashtiriladi.  

Yuqoridagi tibbiy xizmatlar xududlar aholisiga beminnat va notijorat shaklda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI