Yo‘lovchi tashishni tashkil etish sohasidagi masalalar muhokama qilindi

Toshkent-Markaziy temir yo‘l vokzali majlislar zalida jamiyat Kuzatuv kengashi raisi M.K.Radjapov boshchiligida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yigilishga  “Temiryo‘lekspress” AJ Bosh direktori va ishchi xodimlari  hamda  “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ va “Temiryo‘lyo‘lovchiservis” MCHJ  rahbarlari taklif etildi.

Yeg'ilishda “Temiryo‘lekspress” aksiyadorlik jamiyatning faoliyatini samarali tashkil etish va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridagi  servis va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada zamon talabiga mos ravishda tashkil etishi hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida bir qator topshiriqlar berildi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI