Temir yo‘llar bosqichma-bosqich uloqsiz relslarga almashtirilmoqda

Poyezdlar eng ko‘p qatnovini amalga oshiradigan Toshkent – Jizzax yo‘nalishida poyezdlar harakati xavfsizligi va ravonligini taʼminlash maqsadida “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli “Paxta” – “Olmazor” temir yo‘l stansiyalari oralig‘ining toq yo‘nalishida 4 kilometr temir yo‘l izlari uloqsiz relslarga almashtirildi.

Ushbu jarayonda Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi hamda Texnik va texnologik nazorat boshqarmasi va boshqarmaning uzel bo‘yicha nozirlari, “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi rahbariyati, Yo‘l xo‘jaligi bo‘limi xodimlari hamda Toshkent temir yo‘l masofasi, OPMS-203 korxonalari mutasaddilari bilan birga 200 nafarga yaqin yo‘lsozlar ishtirok etdi.

Ish jarayonining poyezdlar harakatiga xalaqit bermasdan, ishlash uchun xavfsiz muhit yaratilib, mehnat muhofazasiga rioya qilgan holda tashkil qilingani natijasida ikki kun mobaynida yo‘lsozlar navbatdagi 4 kilometr temir yo‘l izlarini uloqsiz relslarga almashtirdilar.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, uloqsiz relslar poyezdlarning ravon harakatlanishida, harakat xavfsizligini taʼminlashda, ehtiyot qismlarni iqtisod qilish hamda yo‘lsozlarning ishini yengillashtirishda juda katta ahamiyatga ega.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI