"O'TY" AJ va YеTTB: Kelajakdagi qo'shma loyihalar muhokama qilindi

2024-yil 30-yanvar kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi, unda keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlash joizki, uchrashuv Evropa va xalqaro moliya institutlarining Markaziy Osiyoda barqaror transport aloqalarini qo'llab-quvvatlash uchun 10 milliard evro miqdorida sarmoya ajratish to'g'risidagi qaroriga to'g'ri keldi. Ushbu qaror 29 yanvar kuni Bryusselda bo'lib o'tgan "Global Gateway" investorlar forumi doirasida qabul qilindi.

Uchrashuv davomida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari Xikmatulla Raxmetov va YeTTBning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andi Aranitasi rejalashtirilgan qo'shma loyihalarni muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida tomonlar keyingi hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirib, Markaziy Osiyo transport infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo'shma loyihalar muhimligini ta'kidladilar. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o'rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash, mamlakatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga yordam berishi kutilmoqda.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI