“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “OKMK” AJ: Temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va istiqbolli loyihalar muhokamasi

17-yanvar kuni O‘zbekistonda temir yo‘l transporti sohasini isloh qilish doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” (OKMK) AJ rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Raxmetov, “Temiryo‘linfratuzilma” AJ bosh direktori Sirojiddin Norqabilov, “Temiryo‘lkargo” AJ bosh direktori Abdusamat Muminovlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda 2024-2030 yillarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish konsepsiyasi taqdimot qilindi.

Shuningdek, o‘zaro muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida sanoat temir yo‘l transporti infratuzilmasini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi muhokama etildi.

Taqdim etilgan loyihalarni amalga oshirish temir yo‘l transporti infratuzilmasini sezilarli darajada yaxshilashga va OKMK faoliyati samaradorligini oshirishga olib kelishi kutilmoqda.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI