Yo'lovchilar diqqatiga!

Тemir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi - yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash maqsadida 2024-yil 20-yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari hamda "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20% ga oshmoqda. "Afrosiyob" yuqori tezlikdagi elektr poyezdlariga chiptalar narxi:

Toshkent — Buxoro
VIP 636 000 so‘m
Biznes 462 000 so‘m
Ekonom 336 000 so‘m

Toshkent — Qarshi 
VIP 534 000 so‘m
Biznes 390 000 so‘m
Ekonom 282 000 so‘m

Toshkent — Samarqand 
VIP 396 000 so‘m
Biznes 276 000 so‘m
Ekonom 204 000 so‘m etib belgilandi.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tish amalga oshirildi.
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI