O'zbekiston – Rossiya: "O'TY" AJ va "RJD" OAJ o'rtasida memorandum imzolandi

O'zbekiston – Rossiya: "O'TY" AJ va "RJD" OAJ o'rtasida memorandum imzolandi

Joriy yilning 4 oktabr kuni Moskvada "O'zbekiston temir yo'llari" AJ va "Rossiya temir yo'llari" ochiq aksiyadorlik jamiyati rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi, unda o'zaro hamkorlikni rivojlantirish to'g'risida memorandum imzolandi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ delegatsiyasiga boshqaruv raisi Z.Narzullayev boshchiligida, rossiyalik hamkasblar tomonidan esa "Rossiya temir yo'llari" ochiq aksiyadorlik jamiyati rahbari O.Belozerov ishtirok etdi.

Tomonlar imzolagan hujjat Rossiya va O'zbekiston o'rtasida temir yo'l transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, multimodal transport yo'laklarini rivojlantirish va sohani raqamlashtirishga qaratilgan.

Memorandum Rossiya va O'zbekiston o'rtasida ikki tomonlama va tranzit aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mavjud transport yo'laklarining salohiyatini ro'yobga chiqarish va istiqbolli xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Tomonlar, shuningdek, temir yo'l transportini isloh qilishda raqamlashtirish va tajriba almashish bo'yicha hamkorlik qilish niyatida. Hamkorlikning muhim jihati kadrlar tayyorlash va o'qitish bo'ladi.

Uchrashuv davomida Z.Narzullayev va O.Belozerov jamiyatlarni o'rtasidagi joriy hamkorlikni muhokama qilib, temir yo'l transport yo'laklarini rivojlantirishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, ular axborot texnologiyalari va raqamlashtirish, madaniy-gumanitar dasturlar sohasidagi o'zaro aloqalarni muhokama qildilar.

Memorandumning imzolanishi "O'zbekiston temir yo'llari" AJ va "Rossiya temir yo'llari" OAJ o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib beradi. Ikkala tomon ham hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirish va temir yo'l transporti sohasida o'zaro manfaatlarga erishishga ishonch bildirdilar.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI