“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Rossiya temir yo'llari” ОАJ tibbiyot xodimlari o‘zaro hamkorlikka kelishib oldilar

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Rossiya temir yo'llari” ОАJ tibbiyot xodimlari o‘zaro hamkorlikka kelishib oldilar

“Rossiya temir yo'llari” mas’uliyati cheklangan jamiyati Sog‘liqni saqlash markaziy direksiyasi rahbari Ye.Jidkova boshchiligidagi delegasiya “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Sog‘liqni saqlash xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishish va hamkorlik qilish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Markaziy klinik kasalxonasiga tashrif buyurdi.

Delegasiya a’zolari shifoxonaning diagnostika, otoloringologiya, kardiologiya, oftalmologiya va jarrohlik bo‘limlari hamda temiryo‘lchilar va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam, zamonaviy tibbiy apparatlar, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Davolash-profilaktika muassasalarida olib borilayotgan mashinistlar uchun o‘tkaziladigan reysdan oldingi va keyingi tibbiy ko‘riklar, profilaktika, tashxislash va davolashning yangi konservativ va operativ texnologiyalari, zamonaviy diagnostika hamda dispanserizasiya ishlari haqida fikrlarini bildirishdi. O‘z navbatida, Jidkova o‘zbekistonlik hamkasblariga “Rossiya temir yo'llari” mas’uliyati cheklangan jamiyati Sog‘liqni saqlash markaziy direksiyasi faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi.

Tashrif davomida kelgusida temiryo‘lchilar va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, xususan, shifokorlar malakasini oshirish, ular bilan o‘zaro tajriba almashish hamda teletibbiyot sohasini rivojlantirish kabi muhim vazifalar doirasida ikki tomonlama hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI