O‘zbekiston – Afg‘oniston: “Hayraton – Mozori-Sharif temir yo‘lini ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish” loyihasi doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi

Joriy yilning 7 may sanasida Afg‘onistonning Hayraton – Mozori-Sharif temir yo‘lining Hayraton stansiyasida Baxtulraxmon Sharofat boshchiligidagi Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi delegatsiyasi va Djamshid Boboqulov boshchiligidagi ushbu temir yo‘l liniyasiga xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekistonning “Sogdiana Trans” shoʼba korxonasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ushbu temir yo‘l liniyasi orqali tashilayotgan yuklar uchun tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratilganligi, Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va Hayraton shahrining chegara, bojxona va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yuklarni tezkorlik bilan yetkazib berish rasmiylashtirishni taʼminlashi natijasida joriy yilning dastlabki 4 oyi mobaynida ushbu temir yo‘l liniyasi orqali tashilgan yuklar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 22 foizga oshgani taʼkidlandi. Bunda tomonlarning Afg‘onistondan eksport qilinuvchi yuklar uchun multimodal xizmatlarni tashkillashtirishni o‘zaro yaqin hamkorlikda amalga oshirishi muhim omil bo‘ldi. Shu bilan birga, ushbu temir yo‘l liniyasida tashiladigan yuklar hajmini oshirish va yuk aylanmasini jadallashtirishga qaratilgan kelgusidagi hamkorlik borasida kelishib olindi.

Bundan tashqari, tomonlar “Sogdiana Trans” SHK tomonidan Afg‘on temiryo‘lchilari uchun Hayraton – Mozori-Sharif temir yo‘lida “ish joyida amaliyot tashkil qilish” orqali Afg‘on temiryo‘lchilarini malakasini oshirishni tashkil qilishga kelishildi.

Uchrashuvda Afg‘oniston hududida faoliyat olib borishi davomida “Sogdiana Trans” SHK ishchilari va mulki xavfsizligining taʼminlanishi, shuningdek poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash to‘g‘risidagi masalalar ham muhokama qilindi.

Uchrashuv do‘stona ruhda o‘tdi. Tomonlar shunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib turishga kelishdilar.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Axborot-taxliliy markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI