Ezgu amallar ko‘ngil mehridan boshalandi

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tomonidan 9 may — Xotira va qadrlash kuni hamda 8 may — Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro harakati tashkil topgan kunning 160 yilligi munosabati bilan “Yuragimizdan” shiori ostida Tashkilot qaramog‘idagi 370 nafar ehtiyojmandlari holidan xabar olindi.

Maʼlumot uchun bugungi kunda Tashkilot qaramog‘ida 370 nafar ehtiyojmandlarning 1 nafari Ikkinchi jahon urushi front orti fahriysi bo‘lib,  97 yoshli Dyakonova Nina Nikolayevna bugungi kunda Qarshi shahrida istiqomat qiladi. Tashkilot N.N.Dyakonovani temir yo‘l transporti tizimidagi 53 yillik mehnatlari hamda yakka yolg‘iz  yashashi tufayli o‘z qaramog‘iga olgan.

Ehtiyojmandlarning barchasi Yurtimizda keksalarni eʼzozlash, eʼtibor va mehrga tashna insonlar holidan xabar olish borasida amalga oshirilayotgan ishlardan minnatdor ekanliklarini alohida taʼkidlab, masʼullarga minnatdorchilik bildirishdi.


Axborot-tahliily media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI