“Afrosiyob” poyezdlariga yana toshlar otilmoqda

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bahorda temir yo‘l atrofida mavjud bo‘lgan o‘t-yaylovlarda chorva mol-qo‘ylarni boqish mavsumi boshlanadi va aynan shu vaqtda tosh otish sur’atlari sezilarli ortishini kuzatish mumkin. Buning sabablari turli. Aksariyat hollarda podachilar boshchiligida ular qaramog‘idagi to‘dalar belgilangan qoida va tartiblarga rioya etmasliklari bois sodir bo‘ladi. Masalan mol-qo‘ylarni temir yo‘l atrofidan qochirish maqsadida ham tosh otish holatlar uchrab turadi. Shuningdek, mast holdagi va es-xushi o‘zida bo‘lgan fuqarolar, voyaga yetmagan yoshlar, yomon niyatda tosh otishadi, shunchalik sho‘xlik o‘rnida.

Joriy yil aprel oyida birgina “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlariga tosh otish holatlari soni beshtani tashkil etdi. Mazkur poyezdlarga turli ko‘rinishda zarar yetkazildi, ulardan asosiysi poyezd oynalari singanidir. Qoidabuzarlikni sodir etganlarning barchasi voyaga yetmagan o‘spirin yoshlar. Eng yomoni, ushbu yosh avlod, oyna sinishi natijasida poyezdda ketayotgan yo‘lovchilarga tan jarohati yetkazilishi mumkinligini bilmasliklari yoki tushunmasliklari achinarli hol albatta. Shu o‘rinda davlatimizga yetkazilgan zarari ham e’tiborli va juda katta miqdorda o‘lchanadi, negaki, Ispaniyadan keltirilgan “Afrosiyob’ yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdining oynalari yurtimizda ishlab chiqarilmaydi va faqat maxsus buyurtma asosida katta miqdordagi pul evaziga keltiriladi. Bundan tashqari ta’mirlash ishlariga  sarf-xarajatlar ham kam emas.

Shu bilan birga, yana boshqa achinarli holatlar ham qayd etilmoqda. Ya’ni, yuqori tezlikda harakatlanish uchastkalarida temir yo‘l izlariga tosh qo‘yilish holatlari ham uchrab turibdi. Afsus, ular orasidagi  yosh bolalar qatorida yoshi kattalar ham uchrab turibdi. 

Ta’kidlash joizki, bunday holatlarning oldini olish maqsadida temir yo‘lga yaqin joylashgan ta’lim muassasalari, mahallalar va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari o‘tkazib kelinmoqda, lekin amalda ko‘rib turganimizdek, vaziyat jiddiyligicha qolmoqda. 

Eslatib o‘tamiz temir yo‘l va temir yo‘l atrofi xavfli hudud toifasiga kiradi va unda harakatlanish qoida va tartibi qonunchilikda alohida belgilangan. Barcha qoidabuzarliklar, ularni sodir etgan har bir ishtirokchisiga nisbatan jiddiy javobgarlik choralari belgilanmoqda, shu jumladan katta miqdordagi jarimalar.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI