Yangi ishlab chiqarilgan maxsus vagonlar Qozog‘istonga yuborildi
Mazkur vagonlar TR TS 001/2011 texnik reglamentining barcha talablariga to‘liq javob beradi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega. Qozog‘iston Respublikasi Milliy Gvardiyasining texnik shartlariga asosan “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJ rahbariyati boshchiligida hamda yetakchi mutaxassislarning normativ hujjatlariga asoslangan loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan maxsus vagonlar Qozog‘iston Respublikasi Astana shahriga yetkazib berildi va buyurtmachiga topshirildi.
Ta’kidlash joiz, ushbu vagonlar dizayni o‘ziga xos bo‘lib, qo‘shimcha zamonaviy jihozlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, havoni moʻtadillashtirish tizimi, ichimlik suvi va havoni dezinfeksiyalash uskunasi, ekologik toza biohojatxona, video kuzatuv moslamasi, eshiklar holati to‘g‘risida signal beruvchi qurilma va boshqalar.
Bugungi kunda ikki davlatning o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida yangi maxsus vagonlarini ishlab chiqarish loyihalari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI