Afg'oniston temir yo'llari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda

Joriy yilning 5-7 dekabr kunlari Termiz shahrida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ va Afg'oniston temir yo'l boshqarmasi vakillari o'rtasida 2023 yilga mo'ljallangan Xayraton – Mozori-Sharif temir yo'l uchastkasiga texnik foydalanish (ekspluatatsiya) masalalari va shartlari bo'yicha navbatdagi yillik maslahatlashuvlar (konsultatsiyalar) o'tkazilmoqda.

Ma'lumki, "O' zbekiston temir yo 'llari" AJning  vakolatli "Sogdiana Trans" sho'ba korxonasi tomonidan 2011-yildan boshlab Afg'oniston hududida temir yo'l uchastkasida foydalanish (ekspluatatsiya) ishlari amalga oshib kelinmoqda.

Qayd etish joiz, "Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temir yo'l liniyasi loyihasini qurish loyihasini amalga oshirish istiqboli hisobga olinib, 2019 yildan boshlab Termiz shahridagi o'quv markazida mahalliy afg'onistonlik mutaxassislarini tayyorlashni boshlandi va kelgusida ularning  joylarida, shu jumladan, ish joylarida bevosita stajirovka o'tash chora-tadbirlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda tomonlar  Afg'oniston temir yo'l boshqarmasi tomonidan taqdim etiladigan texnik xodimlarini Xayraton – Mozori-Sharif temir yo'l uchastkasini ekspluatatsiya qilishga jalb qilish imkoniyatini ham muhokama qilmoqdalar.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI