Raqamlashtirish: “E-transport” platformasi bazaviy sayti ishga tushirildi

Ma’lumki “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2020 yil 5 oktyabridagi 6079-sonli farmoni ijrosini hamda mamlakatimizda raqamli maʼlumotlardan keng foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini taʼminlash borasida ishlar olib borilmoqda. Jamiyat tarkibidagi korxona va tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida avtotransport sohasida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda jamiyat miqyosida temir yo‘l texnikalari va avtotransport vositalarining yagona elektron  bazasini yaratish va uning yordamida jamiyatdagi transport sohasida faoliyat yuritayotgan muhandis-texnik xodimlarning ish faoliyati sifatini yaxshilash, ish vaqtlaridan unumli foydalanish, shu bilan birga  mehnat samaradorligini oshirish maqsadida temir yo‘l texnikalari, mashina va mexanizmlar boshqarmasining yosh muhandislari  tomonidan “E-transport” platformasi loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur ishlanma e-transport.railway.uz domeniga ulanib,  Jamiyat boshqaruv raisining 2022 yil 13 oktabridagi  971-N buyrug‘i asosan ishga tushirildi.

Ushbu “E-transport” platformasi bazaviy sayti jamiyat tarkibidagi barcha temir yo‘l, qurilish, maxsus, qishloq xo‘jalik texnikalari va  avtotransport vositalari, ulardan foydalanish, taʼmirlash, saqlash ro‘yxatdan o‘tkazish kabi bir qancha masalalarni o‘z ichiga oladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi tomonidan belgilangan vazifalar  va boshqa masalalar ijrosini nazorat etish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarga ega bo‘lish hamda qo‘shimcha topshiriqlarni o‘rnatilgan tartibda korxonalarga yetkazib berish masalalarini ushbu sayt orqali nazorat etib borish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, mazkur saytda avtotransport sohasi yuzasidan 17 ta, temir yo‘l texnikalari bo‘yicha 19 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar  Mahkamasining avtotransport bo‘yicha 13 ta  qaror va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni qamrab olgan bo‘lib,  ushbu yangiliklarni bir vaqtining o‘zida masofadan turib, onlayn tarzda olish mumkin.

Yaʼni ushbu saytda texnika rusumi, texnika turi, ishlab chiqarilgan yili, davlat raqami, kuzov raqami, dvigatel raqami, shassi raqami, yoqilg‘i turi, texnik holati, nosozlik sababi, balansda turgan tashkilot nomi, biriktirilgan haydovchi, texnik ko‘rikdan o‘tganligi, tashkilot nomi, majburiy sug‘urta, shuningdek, boshqa korxonalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘liq qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir.

Mazkur bazaviy saytda barcha korxona va tashkilotlarning o‘z sahifalari va administratorlari bo‘lib, unga biriktirilgan xodim hamda barcha operator o‘z korxonalariga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari va texnikalar bo‘yicha kerakli maʼlumotlarni kiritib, yangilab borishlari talab etiladi. Bunda har bir kiritilgan maʼlumotlarning sifatiga administrator, yaʼni biriktirilgan xodim “operator” masʼul shaxs hisoblanadi.

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI