InnoTrans 2022: Memorandum imzolanishi va yirik ishlab chiqarish kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazilgani haqida

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Germaniyaning Berlin shahrida InnoTrans 2022 - dunyodagi eng yirik transport texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ham ishtirok etmoqda.

Kuni kecha, O‘zbekiston transport vazirligi,“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Germaniyaning “KfW” taraqqiyot banki hamda Deutsche Bahn AG kompaniyalari ishtirokida to‘rt tomonlama memorandum imzolandi. Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ tomonidan elektropoyezdlar hamda yo‘lovchi vagonlar sotib olishda Germaniyaning “KFV” taraqqiyot bankning imtiyozli kredit liniyasidan foydalanish uchun memorandumga qo‘l qo‘yildi.

Shundan so‘ng, delegatsiya aʼzolari dunyoning yetakchi kompaniyalari, jumladan, Polshaning poyezdlar, vagonlar, tramvaylar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Pesa" konserni hamda temir yo‘l transportini ishlab chiqarish bo‘yicha jahon bozorining qariyb yarmini egallab kelayotgan Xitoyning "CRRC Corporation Limited" korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Muzokaralar mobaynida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi v.b. X.Xasilov tomonidan Germaniyaning “KfW” taraqqiyot bankidan olinadigan imtiyozli kredit liniyasidan foydalanishda tender o‘tkazilishi va unda har ikkala yirik ishlab chiqarish kompaniyalarni ishtirok etishga taklif qildi.

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI