Yil oxiriga qadar yo'lovchi vagonlarning bir qismi kapital ta’mirdan so‘ng yangilanadi

Yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash maqsadida, xususan, "Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan mavjud vagon parkini kengaytirish maqsadida turli toifadagi vagonlarini ishlab chiqarish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida belgilangan topshiriqlarni bajarish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, faqatgina joriy oyning oxiriga qadar zavod tomonidan 20 dona yo'lovchi vagonlari kapital ta'mirdan so'ng foydalanishga topshiriladi, ulardan 8 tasi platskarta toifadagi vagonlardan iborat bo'ladi. Kelgusida ushbu zavod har oyda 20 ta yo'lovchi vagonini ta'mirdan chiqarib, ularni foydalanishga topshirish rejalashtirmoqda.

Zavodda yangi loyihalarni amalga oshirish, vagon konstruktsiyalarini yaratish va takomillashtirish hamda ularni ishlab chiqarish bo'yicha tegishli yuqori malakali mutaxassislari bilan hamkorlikda qator ishlar olib borilmoqda. 

Bundan tashqari, viloyatlar aro yo'nalishdagi poyezdlarga bo'lgan yuqori talabni hisobga olgan holda,  yo'lovchilarni 12 soatdan ko'proq vaqt davomida poyezdlarda isitish, shamollatish va havoni mo‘tadillashtirish tizimlarini o'rnatish bilan bog'liq  ishlar olib borilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI