"Ayolga saodat bering" tanlovi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" g‘oyasi ostida "Ayolga saodat bering" nomli ijtimoiy roliklar tanlovida 54 ta tashkilot va idoralar tanlov uchun ishlangan ijtimoiy roliklari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari raislari ishtirokida amalga oshirilgan ijtimoiy ko‘mak va qo‘llab-quvvatlash ishlarini keng yoritish, ularning siymosida xalqimizga qahramon ayollarimizni ko‘rsatish, fidokorona xizmatlarini munosib rag‘batlantirish hamda shu bilan xotin-qizlarimizni jamiyatimizda tutgan o‘rnini mustahkamlash, qadr-qimmatini oshirish, hayotdan rozi bo‘lishi uchun har bir ayolni ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga erishish maqsadida o‘tkazildi.

Tanlov doirasida 500 nafar ayolga yordam berildi. 18 nafar ehtiyojmand ayol uy-joy bilan ta’minlandi. 800 nafar nogironligi bor farzandlarga yordam ko‘rsatildi. 54 nafar qariyaning holidan xabar olindi.


Ushbu tadbirda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Maslahat Kengashi tomnidan tayyorlagan ijtimoiy rolik sovrindorlar qatoridan joy oldi.



Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI