Yo‘lovchilar diqqatiga!

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berganidek, joriy yilning 25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi davom etmoqda.

Albatta bunday issiq havo paytida po‘lat izlardagi harorat yanada yuqori bo‘ladi. Shu bois, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ rahbariyati shuni ma'lum qiladiki, anomal issiqlik tufayli poyezdlar tezligiga cheklov belgilandi. Shu sabali poyezdlar belgilangan manzillarga kechikib borish holatlari kuzatiladi. 

"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ rahbariyati o'z mijozlariga ko'rsatilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi va anomal issiqlik tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raydi. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI