Yangi - 2020 yil tabrigi!

Sizlarni va Sizlar orqali oila a'zolaringizni tobora yaqinlashib kelayotgan qutlug' ayyom, Yangi – 2020 yil bilan chin dildan, samimiy muborakbod etamiz!

Shuni alohida qayd etish lozimki, bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida yangi va istiqbolli islohotlar yanada yuqori pog'onalarga ko'tarilmoqda. Iqtisodiyotimizni barqaror sur'atlar bilan rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish yo'lida yuksak, tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jonajon O'zbekistonimizning dunyo miqiyosidagi obro'-e'tibori tobora ortib, uning xalqaro maydondagi o'rni mustahkamlanib bormoqda.

Ona-Vatanimizning bugungi kunda yangi taraqqiyot yo'lidan barqaror sur'atlar bilan odimlayotganida, obod va farovon hayot ko'rayotganida har bir yurtdoshimizning, xususan, Siz, aziz temiryulchilarning ham munosib hissasi borligini minnatdorlik bilan e'tirof etamiz!

Aziz hamkasblar! Yakuniga yetib borayotgan 2019 yil hammamiz uchun har kachongidan samarali, mas'uliyatli va sinovli yil buldi. O'tayotgan yilda erishilgan marra va yutuqlarimiz bilan chegaralanmasdan, muammo va qiyinchiliklarni yengib, oldimizda turgan vazifa va topshiriqlarni chuqur his etgan holda, hayotimizda yana bir yangi sahifa ochadigan Yangi - 2020 yil yanada fayzli, sermahsul va barakali kelishini tilaymiz!

Barchangizga oilaviy baxtu saodat, tinchlik-xotirjamlik, sog'lik- salomatlik hamroh bo'lsin!

Yurt obodligi yo'lida shijoat, kat'iyat va kuch-quvvat Sizni aslo tark etmasin!


“O’zbekiston temir yo’llari” AJ 
boshqaruv raisi
Xasilov X.N.

O'zbekiston temiryo'lchilari va
transport quruvchilari kasaba
uyushmasi Respublika Kengashi raisi
K.Sabirov
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI