Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

05:57:07 (GMT +5), shanba, 7 dekabr 2019

Yangi ko'prik foydalanishga tayyor

Jahon talablari darajasida ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarni barpo etish zamonaviy shaharsozlikning eng asosiy talabidir. Bunday yirik loyihalarni hayotga tadbiq etish, bevosita avtomobillar  muntazam qatnovini yo‘lga qo'yadi. 

Azim Toshkent shahrida yil sayin avtomobillar harakati ortib, poytaxtimiz yirik megapolisga aylanib bormoqda. Shu bois shahrimizning eng gavjum chorrahalarida zamonaviy yo‘l o‘tkazgich hamda ko‘priklar qurilyapti. Bu esa nafaqat mahalliy aholi balki, chet ellik tadbirkor va sayyohlar uchun qulaylik yaratadi. Ma'lumki, hozirda Toshkent xalqa avtomobil yo‘lining Rohat chorrahasida poytaxtga kelib-ketuvchilarning ortganligi sababli muntazam tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Chunki, ushbu yo‘nalish Toshkent viloyatiga chiqish uchun eng asosiy magistral hisoblanadi. 

Bunday noqulaylkilarni oldini olish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “Ko‘prikqurilish” tresti UK mutaxassislari tomonidan Ohangaron va Mahtumquli ko‘chalari kesishmasida shu kungacha hali yurtimizda qo‘llanilmagan 3 pog'onali yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda. E'tiborlisi, loyiha doirasida Toshkent viloyatining Parkent, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq tumanlariga eltuvchi umumiy uzunligi 19,2 km. bo‘lgan yangi zamonaviy magistral ham bunyod etildi. Quvonarlisi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PQ-3632 sonli qaroriga muvofiq mazkur yo‘nalishda ko'priksozlar tomonidan Chirchiq daryosi ustidan o‘tuvchi avtomobillar uchun mo‘ljallangan yangi ko‘prik qad rostladi.


Loyihalashtirish ishlari “Boshtransloyiha” AJ muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan. Ko‘prikning umumiy uzunligi 256 metr bo‘lib, jami 9 ta (ustoylari bilan) tayanch ustunlari oralig'ida montaj qilinadigan 1 ta (24 metr)  va 7 ta (33 metr) oraliq qurilmalardan (balkalar) tashkil topadi. Tayanch ustunlarining poydevori diametri 1,5 va 1,7 metrli 25 metrgacha chuqurlikka burg'ulab o‘rnatiladigan 78 ta qoziqlardan (svai) iborat bo‘lib, jami 112 dona oraliq qurilmalari (balka) o‘rnatilgan. 


Ko‘prikning kengligi 30,8 metrni tashkil etadi. Mazkur inshoot 6 yo‘nalishda avtomobillar harakati uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, ko‘prikni barpo etishda piyodalar yo‘lagiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Qurilish-montaj ishlari “13-ko’prikqurilish otryadi” ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirildi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish