"O'zbekiston temir yo'llari" AJda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha tadbirlar boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 10-sonli bayon ijrosini taminlash hamda “O‘zbekiston temir yo‘lari” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizimni tashkil etish, ishchi-xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini oshirish va ularning korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatini shakllantirish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘lari” aksiyadorlik jamiyatida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida Jamiyatda joriy yilning 27 noyabridan 7 dekabriga qadar “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi“ nomi ostida media-haftalik start berildi.

Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida uchrashuvlar, konferensiyalar, seminar-treninglar, korxona, tashkilot rahbarlari va o‘rinbosarlari tomonidan korrupsiyaga qarshi chiqishlar hamda korxona, tashkilot hamda ularning hududiy tuzilmalarida “Ochiq eshiklar kunlari”ni o‘tkazish rejalashtirilgan.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi