Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

00:42:57 (GMT +5), juma, 22 iyun 2018

E'lonlar

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati 

Korxonalar va tarkibiy bo'linmalarning moliya-xo'jalik faoliyati menejment konsaltingi xizmatini ko'rsatuvchi tashkilotni aniqlash uchun tanlov e'lon qiladi. 


Konsalting xizmati tarkibiga quyidagilar kiradi:

a.  Korxonalar va tarkibiy bo'linmalar faoliyatining o'ziga xosligi (spesifika)ni o'rganish hamda Tarmoq kelishivuni yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
b.  Davlat organlariga Tarmoq kelishuvidagi hisob-kitob va soliqqa tortish masalalari yuzasidan murojaat tayyorlash, lozim bo'lsa vakil sifatida qatnashish;
v.  Tarmoq kelishivu normalaridagi soliqqa tortish va xujjat aylanishi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
g.  Tarmoq kelishuviga kiritilgan o'zgartirishlar va qo'shimchalarni korxonalar va tarkibiy bo'linmalarda tadbiq etish;
d.  O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi o'zgarishi hollarida Tarmoq kelishuviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib turish.

Konsalting xizmati 34 ta korxona va mustaqil tarkibiy bo'linmalarga, shu jumladan tuzilmaga kiruvchi 52 ta bo'linmalarga ko'rsatilishi ko'zda tutiladi.

Konsalting tashkilotlariga qo'yilgan talablar:

1.  Soliq solish bo'yicha konsalting sohasida 10 yildan kam bo'lmagan muddatda faoliyat yuritganligi;
2.  Tarmoq  normativ-huquqiy hujjatlar va ichki hujjatlarni ishlab chiqish tajribasiga ega bo'lishi;
3.  “O'zbekiston temir yo'llari” AJ bilan ish tajribasiga ega bo'lishi va tarmoqning o'ziga xos xususiyatlari hamda tuzilmasidan xabardor bo'lishi.

Takliflar quyidagi xujjatlar bilan qabul qilinadi:

• tashkilot ro'yxatdan o'tganligini tasdiqlovchi xujjailar nus'hasi;
• tashkilot rahbarlari va ularning malakalari to'g'risida ma'lumot;
• tanlov ishtirokchisi to'g'risida umumiy ma'lumot va tashkilot faoliyatini tavsiflovchi boshqa ma'lumotlar;
• ishlab chiqilgan tarmoq normativ-huquqiy xujjatlar va lokal xujjatlar to'g'risida ma'lumot;
• davlat dasturlarida ishtiroki to'g'risida ma'lumot;
• tijorat taklifi narxi;
• xizmat shartlari va muddatlari.

Takliflar 2018 yil 15 iyundan kech bo'lmagan muddatgacha quyidagi manzil orqali qabul qilinadi:

100060,Toshkent shahri, T. Shevchenko ko'chasi, 7
Ma'lumot uchun telefonlar: 237 – 96 – 19, 237 – 91 – 33
E-mail: nfz@uzrailway.uz

Moliya boshqarmasi
01.06.2018 yil №НФБ1/131 

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


Auditorlik tashkilotlari diqqatiga!

      “O'zbekiston temir yullari” aktsiyadorlik jamiyati Milliy va xalqaro audit standartlar asosida 2018 yil yakuni bo'yicha tashqi auditorlik tekshiruvi o'tkazish uchun tanlov e'lon qilmoqda. Auditorlik tekshiruvi bosh bo'lim va 110 ta xududiy bo'linmalarda o'tkaziladi.

Auditorlik tashkilotlariga qo'yilgan talablar:

1.      O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida hamda Davlat raqobat qo'mitasida tashqi

auditni o'tkazadigan auditorlik tashkilotlar ro'yxatiga kirgan bo'lishi;

2.      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan  auditorlik tashkilotlari to'g'risida Nizom qoidalariga muvofiq bo'lishi;

3.      Yirik korxonalar bilan ishlash tajribasi.

       Takliflar 2018 yil 20 iyundan kech bo'lmagan muddatgacha quyidagi manzil orqali qabul qilinadi:

100060,Toshkent shahri, T. Shevchenko ko'chasi,7 

Ma'lumot uchun telefonlar: 237 – 96 -19 , 237-91-33

E-mail: nfz@uzrailway.uz, nfb102@yandex.ru

Moliya boshqarmasi

№НФБ1/125 от 30.05.2018г.

 

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Auditorlik tashkilotlari diqqatiga!

 “O'zbekiston temir yullari” aktsiyadorlik jamiyati Milliy va xalqaro audit standartlar asosida 2018 yil yakuni bo'yicha tashqi auditorlik tekshiruvi o'tkazish uchun tanlov e'lon qilmoqda. Auditorlik tekshiruvi bosh bo'lim va 110 ta xududiy bo'linmalarda o'tkaziladi.

Auditorlik tashkilotlariga qo'yilgan talablar:

1.      O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida hamda Davlat raqobat qo'mitasida tashqi auditni o'tkazadigan auditorlik tashkilotlar ro'yxatiga kirgan bo'lishi;

2.      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan  auditorlik tashkilotlari to'g'risida Nizom qoidalariga muvofiq bo'lishi;

3.      Yirik korxonalar bilan ishlash tajribasi.

 Takliflar 2018 yil 31 maydan kech bo'lmagan muddatgacha quyidagi manzil orqali qabul

qilinadi:

100060,Toshkent shahri, T. Shevchenko ko'chasi,7 

Ma'lumot uchun telefonlar: 237 – 96 -19 , 237-91-33

E-mail: nfz@uzrailway.uz, mirzaevas@gmail.com

Moliya boshqarmasi

-----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


 "Qo'qonspirt" aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlariga

Hurmatli aksiyadorlar!

     O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi PQ-3263-sonli “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq“Qo'qonspirt” AJning “O'zspirtsanoat” AJga tegishli 51,01 foiz va davlatga tegishli 46,98 foiz aktsiyalari “O'zbekiston temir yo'llari” AJga to'liq o'tkazildi.

 “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga muvofiq, jamiyat aktsiyalarining 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaxs, agar u bungacha mazkur jamiyat aktsiyalariga egalik qilmagan yoki aktsiyalarining 50 foizidan kamrog'iga egalik qilgan bo'lsa, qolgan aktsiyalar egalariga aktsiyalarni bozor qiymati bo'yicha o'ziga sotishlari borasidagi taklifini o'ttiz kun ichida e'lon qilishi, shuningdek aktsiyadorning o'ziga tegishli aktsiyalarni sotishi to'g'risidagi yozma roziligi e'lon qilingan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida olingan taqdirda, jamiyatning 50 va undan ortiq foiz aktsiyalari egasi mazkur aktsiyalarni sotib olishi shartligi belgilab qo'yilgan.

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi PQ-3263-sonli qarorining 10-bandiga asosan, qolgan aktsiyadorlardan aktsiyalarni sotib olish maqsadida,“Qo'qonspirt” AJda baholash ishlari o'tkazildi. Baholash hisobotiga ko'ra, “Qo'qonspirt” AJ bir dona aktsiyasining bozor qiymati 1,55 (bir so'm 55 tiyin) so'mni tashkil etdi.

      Yuqoridagilarni inobatga olib, “Qo'qonspirt” AJ aktsiyadolari o'zlariga tegishli aktsiyalarni sotish yuzasidan “Qo'qonspirt” AJning korporativ aloqalar xizmatiga (tel.: +99873 515 4100), shuningdek “O'zbekiston temir yo'llari” AJning aktsiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasiga 

(tel.: +998712364826) murojaat etishingizni so'raymiz.

Korporativ munosabatlar boshqarmasi