Tez tez beriladigan savollar
-
Yo`l hujjatini rasmiylashtirish uchun komissiya yig'imlari to'g'risida
Yo`l hujjatini rasmiylashtirish uchun komissiya yig'imlari to'g'risida ?
Har bir yo`l hujjati tarkibida, chipta sotish jarayonida ko'rsatilgan xizmatlar uchun komission yig'im mavjud. Rasmiylashtirilgan har bir joy uchun yo'lovchi tashuvchi tomonidan belgilangan komission yig`im miqdori:
2023-yil 12-iyuldan boshlab komissiya to'lovi (yo'lovchi poyezdidagi har bir o'rindiq uchun):
- barcha ichki yo'nalishdagi yo'lovchi poyezdlari uchun - 40 000 so'm;
- MDH mamlakatlari bilan aloqada bo'lgan barcha davlatlararo yo'lovchi poyezdlari uchun “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tarkibiga - 90 000 so'm;
- MDH mamlakatlari bilan aloqada bo'lgan, boshqa davlatlar tarkibidagi barcha davlatlararo yo'lovchi poyezdlari uchun - 90 000 so'm;
-
Elektron chiptani qanday harid qilish mumkin?
ELEKTRON CHIPTALARNI SOTIB OLISHNING BOSQICHMA-BOSQICH KO'RSATMALARI
DASTLABKI QADAM
“QAYERDAN” maydoniga jo'nash stansiyangizning nomini kiriting. Matn kiritilishi bilan tizim avtomatik ravishda mos stansiyalar ro'yxatini taqdim etadi. Ro'yxatdan kerakli stansiyani tanlang. Masalan, “QAYERDAN” darchasiga “TOSHKENT” stansiyasining nomi kiritiladi. “QAYERGA” maydoniga borishni istagan stansiyangizning nomini kiriting. Xuddi shunday, tizim avtomatik variantlarni ko'rsatadi va siz kerakli stansiyani tanlab olasiz, masalan, “SAMARQAND”. “Qayerdan” va “Qayerga” maydonlarida qidiruvni tezlashtirish uchun stansiya nomining dastlabki 3 (uch) harfini kiriting — tizim avtomatik ravishda mos shahar nomlari ro'yxatini taklif etadi.
“QACHON” maydoniga bosing — taqvim oynasi ochiladi. Taqvimda chipta sotib olish uchun mavjud bo'lgan sanalar ko'rsatiladi. Shu sanalardan kerakligini tanlab, "TOPISH" tugmasini bosing. Belgilangan sanada poyezdlar bo'lmasa, mavjud poyezdlar jadvali bilan tanishishingiz mumkin bo’ladi. Agar siz tanlagan sanada poyezdlar mavjud bo'lmasa, tizim boshqa sanalardagi mavjud poyezdlar jadvali bilan tanishish imkoniyatini taqdim etadi.
1-QADAM ― POYEZDNI TANLASH
“TOPISH” tugmasi bosilgandan so'ng, ekranda tanlangan yo'nalish va sana bo'yicha mavjud poyezdlar ro'yxati ko'rsatiladi.
Har bir poyezd haqida quyidagi ma'lumotlar taqdim etiladi:
· Jo'nash vaqti — poyezdning yo'lga chiqish vaqti va stantsiyasi
· Yetib kelish vaqti — belgilangan manzilga yetib borish vaqti va stantsiyasi
· Yo'ldagi vaqt — safar davomiyligi
· Poyezd nomi va raqami — masalan, “Afrosiyob” 768Ф, “Sharq” 710Ф va boshqalar
· Marshrut — poyezdning to'liq harakatlanish yo'nalishi
· Vagon turi — Biznes, O'rindiqli, Plaskartli, Kupe va hokazo
· Bo'sh joylar soni — mavjud bo'sh o'rinlar miqdori
· Chipta narxi — so'mda ko'rsatiladi
Ro'yxat yuqorisida hafta kunlari ko'rsatiladi. Boshqa sana uchun poyezdlarni ko'rish uchun tegishli kunni bosing — ro'yxat avtomatik yangilanadi.
Kerakli poyezdni tanlab, “Poyezdni tanlash” tugmasini bosing va chipta rasmiylashtirish jarayonini davom ettiring.
2-QADAM - VAGON VA JOY TANLASH
“Poyezdni tanlash” tugmasi bosilgandan so'ng, vagon sxemasi ekranda ko'rsatiladi. Mavjud vagonlar yuqori qismda raqamlari bilan ko'rsatiladi — kerakli vagonni tanlang. Vagon sxemasidagi o'rindiqlар rangi orqali farqlanadi:
Och rang — bo'sh joy
To'q rang — sotilgan joy
Yashil rang — siz tanlagan joy
Kerakli bo'sh o'rindiqni bosib tanlang.
Joy tanlagandan so'ng, foydalanuvchi shaxsiy pasport ma'lumotlarini to'ldiradi va barcha kerakli ma'lumotlarni tegishli darchalarga kiritadi. Agar bola bilan safarga chiqmoqchi bo’lsangiz, siz “bolani qo'shish” tugmasini tanlashingiz mumkin. Elektron yo'l chiptalari 10 yoshgacha bo'lgan katta yoshli bolalarni alohida o'rindiq bilan, shuningdek 5 yoshgacha bo'lgan bolalarni bepul asosda va alohida joyni egallamasdan olib yurish uchun beriladi. Bundan tashqari, agar kerak bo'lsa, siz yana 3 yo'lovchiga joy tanlashingiz va barcha kerakli ma'lumotlarni kiritishingiz mumkin (Bitta buyurtmada 4 nafargacha yo'lovchi uchun joy tanlab, ma'lumot kiritish mumkin).
Shundan so'ng siz “DAVOM ETISH” tugmachasini bosishingiz lozim bo’ladi.
Diqqat! Yo'lovchining shaxsiy ma'lumotlari shaxsni tasdiqlovchi hujjatda ko'rsatilgan ma'lumotlarga mos kelishi kerak. Agar siz pasport talab qilinadigan mamlakatga elektron chiptani taqdim qilsangiz, u holda chiptalar faqat u uchun beriladi (masalan, Toshkent-Ribachye). Agar siz O'zbekistondan tashqarida bolalar bilan chiptani rasmiylashtirayotgan bo'lsangiz, belgilangan tartibda bolalar pasportiga ega bo'lgan bolaga chipta berish kerak. Agar siz O'zbekiston Respublikasi norezidenti bo'lsangiz, unda yo'lovchi sayohat qilmoqchi bo'lgan pasport uchun elektron chipta ham beriladi. Agar hujjatdagi shaxsiy ma'lumotlar ikki shriftda (kirill va lotin) ko'rsatilgan bo'lsa, unda tartibdagi ma'lumotlar lotin tilida to'ldiriladi. Agar hujjatdagi shaxsiy ma'lumotlar faqat rus tilida ko'rsatilgan bo'lsa, unda buyruqdagi ma'lumotlar kiril alifbosida to'ldiriladi. Agar yo'lovchilarning shaxsiy ma'lumotlarida yoki ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar tafsilotlarida xatolik aniqlansa, siz buyurtmani to'lashdan oldin tuzatish kiritishingiz kerak bo’ladi.
3-QADAM ― BUYURTMANI TASDIQLASH
Ushbu bosqichda yo'lovchi barcha kiritilgan ma'lumotlarni tekshirishi kerak. Agar kiritilgan ma'lumot to'g'ri bo'lsa, ekranning pastki qismida “OMMAVIY OFERTAGA ROZIMAN” yozuvi oldiga "tasdiq belgisi"ni qo'yish va “TASDIQLASH” tugmasini bosish kerak.
Diqqat! 3- va 4- bosqichlarni bosib o'tishga 15 daqiqa vaqt beriladi. Agar yo'lovchi bu vaqt davomida to’lovni amalga oshirmasa, buyurtma bekor qilinadi.
4-QADAM ― TO'LOV
Keyin "Karta raqami", "Kartaning amal qilish muddati" qatorlari to'ldiriladi va "TO'LASH" tugmasini bosing. Karta biriktirilgan telefon raqamiga bir martalik SMS-kod yuboriladi — ushbu kodni tegishli maydonga kiriting va to'lovni yakunlang.
Elektron chipta uchun to'lov amalga oshirilgandan so'ng, veb-saytga sayohat tafsilotlari va elektron chiptangiz raqami (14 ta raqam) ko'rsatilgan elektron sayohat hujjati paydo bo’ladi va chiptani yuklab olsangiz bo‘ladi.
Shaxsiy hisobingizdan elektron chiptani yuklab olish, elektron chiptani qaytarish mumkin va fiskal chek ham olsangiz bo‘ladi.
Biz milliy va xorijiy to'lov tizimlarining kartalarini qabul qilamiz.
Diqqat! Quyidagi qo’llanma elektron chipta sotib olishga yordam berish uchun mo’ljallangan. To’liq ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga bosing: https://eticket.railway.uz/uz/pages/public-policy
-
Sotib olingan yo'l hujjatini temir yo'l kassasiga qaytarilganda qanday jarimalar qo'llaniladi?
Foydalanilmagan yo'l chiptasi topshirilganda yo'lovchidan, O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transportida yo'lovchilar, bagaj va yuk tashish Qoidalariga muvofiq, foydalanilmagan chipta temir yo'l kassasiga yo'lovchi poyezdi jo'nashidan kamida 24 soat oldin qaytarishda yo'lovchidan 15000 so'm miqdorida belgilangan (har bir o'rin uchun) yig’im undiriladi qolinadi;
foydalanilmagan chiptalarini 24 soatdan kam vaqt ichida lekin poyezd jo'nashidan 6 soat oldin qaytarishda 15000 so'm miqdorida jarima undiriladi va plaskarta qiymatining 50% miqdori ushlab qolinadi;
foydalanilmagan chiptani poyezd jo'nashiga qadar 6 soatdan kam ammo poyezd jo‘nagandan keyin 1 soatdan kechiktirmasdan qaytarishda (temir yo'l kassasiga topshirilsa), yo'lovchidan qaytarish amaliyoti uchun 15000 so'm yig’im undiriladi, komissiya yig'imi, plaskarta qiymatining 100% miqdori qaytarilmaydi;
foydalanilmagan chiptani poezd jo'nab ketganidan so'ng 1 soatdan keyin temir yo'l kassasiga topshirilsa, yo'l hujjatining narxi (uning to'liq qiymati) qaytarilmaydi;
foydalanilmagan jamoaviy yo'l hujjatlarini qaytarish jarayonida jarima undirishning boshqa tizim asosida undiriladi (O'zbekiston Respublikasi yo'lovchilarni, qo'l yuki va bagaj yuklarni temir yo'l transporti orqali tashish Qoidasining XI bob, 213, 220-bandlari bilan tanishing).O'zbekiston Respublikasi yo'lovchilarni, qo'l yuki va bagaj yuklarni temir yo'l transporti orqali tashish Qoidasining elektron ko’rinishini
https://lex.uz/docs/2001189?otherlang=4 veb-sahifasida o'qishingiz mumkin.
-
Yo'lovchi poyezdlarda tashishni va ularga vokzallarda xizmat ko‘rsatishni qaysi hujjat tartibga soladi?
O'zbekiston Respublikasida temir yo'l transportida yo'lovchilar tashish quyidagilar bilan tartibga solinadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transportida yo'lovchilar, bagaj va yuk bagajlarni tashish qoidalari".
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-apreldagi 159-sonli "Aerovokzal, temir yo'l, avtobus vokzallarida xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bilan tasdiqlangan "Temir yo'l vokzallarida (stansiyalarida) yo'lovchilar va tashrif buyuruvchilarning qo'l yuki va bagajini ko'zdan kechirish, ularning temir yo'l vokzallarida (stansiyalarida) bo'lishi tartibi to'g'risida nizom"
-
Necha kilogramm qo’l yukni tashish mumkin?
Har bir yo'lovchi o'zi bilan 36 kg qo'l yukini bepul tashish huquqiga ega.
-
Chiptadagi ma'lumotlar talqini

1. Jo'nash sanasi
2. Jo'nash vaqti
3. Vagon nomeri
4. Yo'lovchilar soni
5. Poezd raqami
6. Jo'nash punkti
7. Yo'lovchi o'rni (joyi)
8. Yo'lovchining ma’lumotlari (pasport seriya va raqami, familiyasi)
9. Manzilga yetib borish sanasi
10. Manzilga yetib borish vaqti
-
Temir yo’l chiptasini rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar kerak bo'ladi?
Temir yo’l chiptasini rasmiylashtirish yo'lovchining shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar – pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, harbiy bilet, tug'ilganlik haqida guvohnoma, fuqaroligi bo'lmagan shaxs guvohnomasi, istiqomat uchun berilgan guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
-
Talon o’rniga va guvohnomani taqdim etish bilan bir yilda bir marta temir yo’l orqali sayohat narhidan 50 %li chegirma huquqi beriladi
a) Ulug' vatan urushi 3 guruh nogironlariga
b) Ulug' vatan urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan:
bir yilda bir marta temir yo'l orqali sayohat (2 tarafga) narxidan 50 %li chegirma huquqi beriladigan shaxslarga istagiga ko'ra 2 yil taloni (joriy va o'tgan yil yoki joriy va kelasi yil) evaziga 2 yilda bir marta bepul sayohat (2 tarafga) imkoniga egadirlar. Bunda to'g'ridan-to'g'ri yo'nalishda bunday sayohatni rasmiylashtirish “borish” 2 talon, qaytishda esa “qaytish” 2 ta talon evaziga amalga oshiriladi. Bu tartib shuningdek, Ulug' vatan urushi 3-guruh nogironlariga va Ulug' vatan urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga qo’llaniladi.
Ushbu chegirmalar O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transportida yo’lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini 2012-yil 13-aprel O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 109-son qarori bilan tasdiqlangan. -
T/y chiptalarini olishda qanday imtiyozlar mavjud
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk tashish qoidalari”ga asosan temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga taqdim qilinadi:
Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchta darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;
Yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1- va 2- guruh urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironlariga (O‘zbekiston Respublikasi hududidagi).
Ushbu qarorga muvofiq yiliga bir marta chipta umumiy narxining 50 % chegirmalar taqdim qilish (borish va kelishga) quydagi shaxslarga ko‘zda tutilgan.- yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 3-guruh urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
- urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- 1-guruh urush nogironlarini kuzatuvchi shaxslar 50 foizli chegirmalar.
Yo‘lovchi o‘zi bilan poyezdda 5 yoshgacha bo‘lgan bir bolani bepul alohida o‘rinsiz olib o‘tish huquqiga ega. Sayohat paytida besh yoshgacha bo‘lgan birdan ortiq bolali yo‘lovchilar bir bolani bepul, qolgan bolalarni bolalar tarifi va alohida joy taqdimi bilan olib o‘tiladi.
Besh yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalarga ham bolalar tarifi qiymatida va alohida joy taqdim etiladi. 10 yoshdan oshgan bolalarga kattalarga olinadigan chipta xarid qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transportida yo’lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini 2012-yil 13-aprel O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 109-son Qarorini yuklash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoni 11-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish yo‘nalishi doirasida 2022-yil 15-sentyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun temir yo‘l chiptalarini 50 foizli imtiyozlar tarif qismidan taqdim etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risida”gi 560-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish hamda ta’til davrini mazmunli o‘tkazish to‘g‘risida”gi 479-son buyrug‘iga binoan Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchi talaba va o‘quvchilarning qishki ta’tilga o‘z vaqtida o‘zlari doimiy ravishda istiqomat qilayotgan joylarga yetib borishlari hamda qaytishlari uchun 28-dekabrdan 10-yanvargacha bo‘lgan muddatda chipta sotib olish uchun 50% chegirmalar tarif qismidan taqdim etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-sentyabr kunidagi “Keksalar haftaligi” hamda “Keksalar uchun turizm oyligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 28-son bayonining 5-bandiga asosan 2024-yil 2-8-oktyabr kunlari “Keksalar haftaligi”, hamda 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi”giga ixtiyoriy chegirmalar berilishi belgilandi.
“Keksalar haftaligi” va “Keksalar uchun turizm oyligi”ni samarali o‘tkazish maqsadida, nuroniy pensionerlarga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 55 yoshdan yuqori ayollar hamda 60 yoshdan yuqori erkaklarga) mamlakat bo‘ylab sayohatni tashkil qilish va turizm oyligi doirasida har yili 2-8-oktyabr kunlari va 1-30-noyabr kunlari barcha mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlarning (tezyurar “Afrosiyob” tezyurar poyezdidan tashqari) temir yo‘l chiptalarining tarif qismidan 20% chegirma bilan ta’minlanishi belgilandi.
XALQARO YO’NALISHLARDAGI POYEZDLAR:
O‘zbekiston Respublikasi, Qozoqiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi oralig‘ida qatnovchi yo‘lovchi № 305/305 «Toshkent ‒ Moskva» va № 315/316 «Toshkent ‒ Qozon» poyezdlarining SV va kupe vagonlari uchun:
- yo‘lovchi poyezdi jo‘natiladigan vaqtiga 45 sutkadan 31 sutkagacha bo‘lgan muddatgacha chipta xarid qilinsa, chipta narxi tarif qismidan 35% chegirmada,
- yo‘lovchi poyezdi jo‘natiladigan vaqtiga 30 sutkadan 21 sutkagacha bo‘lgan muddatgacha chipta xarid qilinsa, chipta narxi tarif qismidan 25% chegirmada,
- yo‘lovchi poyezdi jo‘natiladigan vaqtiga 20 sutkadan 0 sutkagacha bo‘lgan muddatgacha chipta xarid qilinsa, chipta narxi tarif qismidan 15% chegirmada belgilangan.
Plaskart vagonlari uchun:
- yo‘lovchi poyezdi jo‘natiladigan vaqtiga 45 sutkadan 31sutkagacha bo‘lgan muddatgacha chipta xarid qilinsa, chipta narxi tarif qismidan 25% chegirmada,
- yo‘lovchi poyezdi jo‘natiladigan vaqtiga 30 sutkadan 21 sutkagacha bo‘lgan muddatgacha chipta xarid qilinsa, chipta narxi tarif qismidan 15% chegirmada amalga oshirilishini bildiradi.
- yo‘lovchi poyezdi jo‘natiladigan vaqtiga 20 sutkadan 0 sutkagacha bo‘lgan muddatgacha chipta xarid qilinsa, chipta narxi tarif qismidan 10% chegirmada belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oralig‘ida qatnovchi yo‘lovchi №301/302 Dushanbe ‒ Toshkent ‒ Dushanbe, №319/319 Kulyab-Volgograd-Kulyab, №329/329 Dushanbe ‒ Volgograd ‒ Dushanbe va №359/359 Xo’jand ‒ Volgograd ‒ Xo’jand poyezdlarining barcha turdagi vagonlari uchun:
- yo‘lovchi poyezdi jo‘natiladigan vaqtiga 45 sutkadan 31sutkagacha bo‘lgan muddatgacha chipta xarid qilinsa, chipta narxi tarif qismidan 45% chegirmada,
- yo‘lovchi poyezdi jo‘natiladigan vaqtiga 30 kundan 2 kungacha bo‘lgan muddatgacha chipta xarid qilinsa, chipta narxi tarif qismidan 35% chegirma.
- yo‘lovchi poyezdi jo‘natiladigan vaqtiga 1 kundan 0 kungacha 0% chegirma belgilangan.
-
Bolalarga qanday chegirmalar mavjud?
Yo’lovchi o’zi bilan poezdda 5 yoshgacha bo’lgan bir bolani bepul alohida o’rinsiz olib o’tish huquqiga ega. Sayohat paytida besh yoshgacha bo’lgan birdan ortiq bolali yo’lovchilar bir bolani bepul, qolgan bolalarni 50% li chegirma va alohida joy taqdimi bilan olib o’tiladi. Besh yoshdan o’n yoshgacha bo’lgan bolalarga ham tariff qiymatida 50% li chegirma va alohida joy taqdim etiladi.10 yoshdan oshgan bolalarga kattalarga olinadigan chipta harid qilinadi.
Ushbu chegirmalar O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transportida yo’lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini 2012 yil 13 aprel O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 109-son qarori bilan tasdiqlangan. Qarorni yuklash.