Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:34:54 (GMT +5), yakshanba, 18 noyabr 2018

Boshqaruv

Ramatov Achilbay Jumaniyazovich

Boshqaruv raisi
  • Telefon

    (+998 71) 238-80-28

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Dushanba 18:00 – 19:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1962 yil Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug’ilgan. Мillati - o’zbek. Ma’lumoti - oliy.

1988 yilda Toshkent temir yo’l muhandislari institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi bo’yicha tamomladi.
Ish faoliyatini 1980 yil Urganch lokomotiv deposida mashinist yordamchisi lavozimida boshladi.
1988 yil Toshkent temir yo’l muhandislari institutini tamomlagandan so’ng Toshkent teplovozlarni ta’mirlash zavodining ustasi, teplovoz sexi boshlig’I o’rinbosari va vagon ta’mirlash sexi boshlig’i bo’lib ishladi.
1995 yil mart oyida “O’ztemiryo’lmashta’mir” UK bosh direktori etib tayinlandi.
2001 yil may oyida “O’zbekiston temir yo’llari”ning bosh menejeri-bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.
2002 yildan buyon “O’zbekiston temir yo’llari”ning boshqaruv raisidir.
2000 yilda “O’zbekiston Respublikasi xizmat ko’rsatgan sanoat ishchisi” davlat unvoni bilan taqdirlandi.
2007 yil avgust oyida “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan va 
2011 yil avgust oyida “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi/ 
2013 yilda esa “O’zbekiston qahramoni” unvoni berildi.

A.J. Ramatov oilali, uch nafar farzandi bor.

  • Jamiyat va uning ijro etuvchi apparati faoliyatining umumiy boshqarishni amalga oshiradi, jamiyatga yuklatilgan vazifalarni bajarilishiga va “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Nizomiga rioya qilishga mas’ul, boshqaruv raisi o’rinbosarlari ortasida vazifalarni yuklaydi, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ faoliyati masalalari yechimida ularning vakolatlarini aniqlaydi;
  • Oliy Majlis, Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Kengash va boshqaruvning normativ hujjatlari bajarilishini nazoratini ta’minlaydi;
  • jamiyatning faoliyati samarasini ta’minlaydi, ishning yakuniy natijalari va poezdlar harakati xavfsizligi oshirish chora-tadbirlarini o’tkazadi.
  • kadrlar siyosatini amalga oshiradi;
  • jamiyatning xo’jalik va moliyaviy faoliyatini hamda xo’jalik ishlarini rejalashtirish masalarini muvofiqlashtiradi;
  • adolat tamoillarini, boshqaruv usullarining iqtisodiy va ma’muriy moslashuvi, jamiyat faoliyati masalalarini muhokama qilish va yechishda yakka rahbarlik va kollegiallikni ta’minlaydi;
  • Hamdo’stlik mamlakatlarining temir yo’l transporti Kengashi a’zosi

Sagdullaev Fazlitdin Fatxullaevich

Boshqaruv raisi birinchi o’rinbosari
  • Telefon

    (+998 71) 238-83-36

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Payshanba 17:00 – 19:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1962 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Millati o'zbek. Ma'lumoti oliy.

1985 yilda Toshkent temir yo’l transporti muhandislari institutining “Temir yo'l transportida tashish jarayonlarini boshqarish” mutaxassisligi bo’yicha tamomladi.
1986 – 1987 yillarda muddatli harbiy xizmat o’tagan.
1985 – 1994 yillarda O'rta Osiyo temir yo'lining Toshkent bo’limida turli lavozimlarda ishlagan.
1994 yil, «O'zbekiston temir yo'llari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etilganida Sagdullaev F.F. turli rahbar lavozimlarda, shu jumladan, «O'zbekiston temir yo'llari» DATKning Markaziy apparatida ishladi. 
1998 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomladi. 
2002 – 2017 yillarda «O'zbekiston temir yo'llari» AJda quyidagi lavozimlarga tayinlanib faoliyat yuritdi: Boshqaruv raisining o’rinbosari, Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari, Boshqaruv raisining maslahatchisi.
2017 – 2018 yillari Boshqaruv raisining maslahatchisi lavozimida ishlab turib, «O'zbekiston temir yo'llari» AJ huzuridagi konsul`tativ menedjment guruhining rahbari bo’lib ishladi. 
2007 yilda “Shuhrat” medali – davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 
O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 262 - sonli qaroriga muvofiq "O’zbekiston temir yullari" AJning Boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. 

Oilali, to'rt nafar farzandning otasi – ikki nafar o'g'il va ikki nafar qizi bor.

  •  jamiyatning iqtisodiy, moliyaviy va investitsion faoliyatini boshqaradi;
  • ishlab shiqarish samaradorligi va rentabelligini oshirishga qaratilgan sohalarning iqtisodiy faoliyatini tashkillashtirish va takomillashtirishni amalga oshiradi;
  • mehnat samaradorligini va moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni kam harajat qilish bilan ko’proq natijalarga erishish orqali ish haqini oshirishni ta’minlaydi;
  • jamiyat boshqaruvi tuzilmasini va tizimini takomillashtirish masalalarini, qimmatli qog’ozlar bilan ishlashni muvofiqlashtiradi;
  • o’rnatilgan tizimlar bo’yicha mukofotlash va boshqa shakllardagi ma'naviy va moddiy rag'batlantirish masalarini ko’rib chiqishni tashkillashtiradi;
  •  “O’zbekiston temir yo’llari” bolinmalarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbolli ko’rsatkichlarini shakllantirish bo’yicha muvofiqlashtiradi va boshqaradi
  • Moddiy resurslarni iqtisodiy va ratsional foydalanish bo’yicha ishlarni boshqaradi.

Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich

Bosh menejer-bosh muhandis
  • Telefon

    (+998 71) 238-88-91

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Seshanba 17:00 – 19:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1970 yil Toshkent viloyatida tug’ilgan. Ma’lumoti - oliy. 
1992 yilda Toshkent temiryo’l muhandislari institutining  injener-mexanik mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1992 yilda  “O’zinterservis” qo’shma korhonasida tarmoq boshlig’i sifatida boshlagan.
1999 - 2002 yillar "O’ztemiryulmashta’mir" unitar korxonasida turli lavozimlarda ishlagan.
2002 - 2008 yillar strategik rivojlanish boshqarmasi  boshlig’i, bir vaqtning o’zida " O’zbekiston temir yo'llari" DATK bosh menedjer – bosh muhandisining o’rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 
2011 yilda " O’zbekiston temir yo'llari " DATK bosh menedjer – bosh muhandisi lavozimiga tayinlangan. 
2014 yilda O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Departament mudiri lavozimiga tayinlangan.
2016 yil 1 apreldan O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasiing 97-sonli qaroriga muvofiq "O’zbekiston temir yo'llari " Aksiyadorlik jamiyatining bosh menedjer – bosh muhandisi lavozimida ishlamoqda.

  • progressiv ilmiy-texnik ishlanmalar joriy qilishni boshqaradi, texnik va texnologik masalarni kompleks yechimiga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkillashtiradi, asosiy ishloab chiqarish fondlarini yangilash, takomillashtirish va samarali foydalanishni boshqaradi.
  • lokomotiv, vagon, yo’l xo’jaliklari, signalizasiya va aloqa, eletr ta’minotni faoliyati va rivojlanishi masalalarini olib boradi, ilmiy-texnikaviy rijoshlanish yutuqlarini joriy qilish, texnik asboblarni saqlash, ta’mirlash va xizmat ko’rsatishning yangi g’oyalari , kerakli hajmda ehtiyot qismlar, meteriallar va yoqilg’i-energomanbaalar bilan ta’minlash asosida bu xo’jaliklarning faoliyati samarasi va ishonchini oshirishni ta’minlaydi,
  • Lokomotiv, vagon va boshqa harakatdagi tarkibning eksluatatsiya salohiyatini oshirish va texnik ta’minot ishlarini boshqaradi;
  • “O’zbekiston temir yo’llari” AJ bo’linmalarining texnik uskunalari faoliyati, texnologik jarayonlarga rioya qilish, mehnat xavfsizligi qoidalari va normasi, sanoat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi, tabiat muhofazasi, sanitariya va boshqa organlar talablariga rioya qilish nazoratini amalga oshiradi;,  
  • “O’zbekiston temir yo’llari” AJ ilmiy-texnik kengashining raisidir.

Kamalov Akmal Saydakbarovich

Boshqaruv raisi o’rinbosari
  • Telefon

    (+998 71) 238-89-50

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Juma 18:00 – 20:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1967 yil Sirdaryo viloyatida tug’ilgan. Ma’lumoti oliy.

1991 yilda Toshkent temiryo’l muhandislari institutining injener-mexanik mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 
Mehnat faoliyatini 1991 yilda O'rta osiyo temir yo'l Toshkent teplovoz deposida elektr-ekipaj sexining brigadiri, avtomat sexining ustasi sifatida boshlagan.
1994 - 1996 y.y. - O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Yevropa ittifoqi komissiyasining texnik muvofiqlashtirish Byurosida ishlagan.
1996 - 2001 y.y. - O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Yevropa ittifoqi komissiyasining texnik muvofiqlashtirish Byuro TASIS programmasi TRASEKA loyihasi koordinatori.
2001 - 2005 y.y. - “O'zbekiston temir yo'llari” DATK Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi MDH davlatlari bilan ishlash bo'yicha boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boshlig'i.
2004 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomladi va magistr darajasini oldi. 
2005 yilda O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi o'rinbosari.
2005 - 2011 y.y. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri o'rinbosari.
2011 - 2014 y.y. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirining birinchi o'rinbosari.
2014 - 2015 y.y. - O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor yelchisi. 
2015 -2017 y.y. - “O'zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruv raisi. 
2018 yil 4 yanvardan O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli qaroriga muvofiq "O’zbekiston temir yo'llari" Aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.

A.S.Kamalov oilali, ikki nafar farzandi bor.

  • jamiyatning ekspluatatsion ishlarini boshqaradi, lokomotiv brigadalar va tortish uskunalardan samaradorli foydalanish qismida tashish jarayonlarini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil qiladi, tashish sifatini oshirish, harakatdagi tarkib va texnik uskunalardan samarali foydalanish, tashish jarayonlari texnologiyalarini takomollashtirish ishlarini tashkillashtiradi;
  • “O’zbekiston temir yo’llari ” AJ bo’ylab poezdlar harakati havfsizligini ta’minlash va manyovr ishlarini ishlab chiqarish boyicha nazoratni amalga oshiradi;
  • tashish vazifalarini bajarish, poezdlar harakati havfsizligini ta’minlash masalalari va manyovr ishlarini ishlab chiqarish bo’yicha jamiyat bo’linmalari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini tashkil qiladi;
  • lokomotiv va vagonlarni ishlatishni takomillashtirish, hisobga olish va hisobotni takomillashtirish, hisoblash texnikasi uskunalarini ekspluatatsiya qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishni ta’minlaydi;
  • Poezdlar harakati jadvali va unga bo’gliq bo’lgan texnik va texnologik normativlarni ishlab chiqishni boshqaradi.

Rajapov Mansur Quchqarovich

Boshqaruv raisi o'rinbosari
  • Telefon

    (+998 71) 238-80-11

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Dushanba 18:00 - 20:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1958 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan. Millati - o’zbek. Ma'lumoti - oliy.

1987 yil Toshkent temir yo’l transporti muhandislari institutining temir yo’ldan foydalanish mutaxassizligi bo’yicha tamomladi.
Temir yo'l sohasida 1987 yildan buyon ishlab keladi.
1999 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasini tamomladi va magistr darajasini oldi.
2016 yil “Shuhrat” medali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 
2016 yil 29 oktyabrdan  O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 376 -sonli qaroriga muvofiq "O’zbekiston temir yullari" Aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.
   

  • Investitsiya dasturini shakllanishtirish, jamiyatning investitsiya siyosatini amalga oshirilish, xorijiy investitsiyalar tomonidan amalga oshirilayotgani shu jumladan, va qurilish loyihalarining manzilli dasturini shakllantirishni tashkil etadi;
  • qurilish sohasida yangi texnologiyalarni joriy etishni tashkil qiladi;
  • ishlab chiqarish ob'ektlari va standart bo'yicha ijtimoiy ob'ektlarni qurish tashkil etadi;
  • "O'zbekiston temir yo'llari" AJ muassasalarini qurish va ta'mirlash rejalarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • aksiyadorlik jamiyatning qurilish korxonalari faoliyatini, shuningdek, kapital qurilish rejalarini amalga oshirish nuqtai nazaridan vazirliklar, idoralar va qurilish sanoati va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
  • "O'zbekiston temir yo'llari" AJning qurilish bazasi va pudrat korxonalarini oqilona taqsimlash va rivojlanishtirish , shuningdek, ularning ish samaradorligini oshirishni ta'minlaydi;
  • qurilish jarayonida moddiy resurslardan iqtisodiy va oqilona foydalanish bo'yicha ishlarni boshqaradi;
  • qurilish va montaj ishlari sifati ustidan texnik nazorat tashkil etish vazifalarini nazorat qiladi;
  • loyihaviy- tadqiqot ishlar rejasi bajarilishini nazorat qiladi;
  • ob'ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish doirasida loyihalarni yuqori texnik darajasini ta'minlaydi;
  • nazoratdagi xo’jalik tarmoqlarida investitsiyalar bo'yicha takliflar tayyorlaydi;
  • yordamchi qishloq xo'jaligi bo’limlari faoliyati va ularning ish faoliyati samaradorligi oshirish masalalarini hal qiladi.

Turamuratov Ilxombay Bekchanovich

Boshqaruv raisi o’rinbosari
  • Telefon

    (+998 71) 236-49-01

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Payshanba 16:00 - 18:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1960 yil, Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtkul tumanida tug’ilgan. Millati - o’zbek. Ma’lumoti - oliy/

1981 yilda Toshkent davlat universiteti geologiya fakultetining geologik s’emka, foydali qazilmalar konlarini izlash mutaxassizligi bo’yicha tamomladi.
1981 - 1991 y.y. - «Samarqandgeologiya» ishlab chiqarish birlashmasining Daugiztau geologiya-qidiruv ekspedisiyasi Yalgiztau va Shimoliy-Daugiztaus dala partiyasi katta texnik-texnologi, G’arbiy-Beltau partiyasi geologi, katta geologi, G’arbiy va Uzunbuloq dala partiyasi katta geologi, Amantaytau geologiya-qidiruv partiyasi katta geologi, bosh geologi, Amantaytaus geologiya-qidiruv partiyasi boshlig’i, Ayakkudduk geologiya-qidiruv partiyasi bosh geologi.
1991 - 1994 y.y. - «Magma» kichik korxonasi direktori. 
1994 - 2000 y.y. - O’zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasining «Samarqandgeologiya» davlat geologiya korxonasi, Daugiztaus geologiya-qidiruv ekspedisiyasi dala geologiya materiallarini kompyuterda qayta ishlash partiyasi boshlig’i.  
2000 - 2003 y.y. - O’zbekiston Respublikasi geologiya davlat qo’mitasining davlat geologiya axborot markazi boshlig’i.  
2003 - 2004 y.y. - O’zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasining geologiya boshqarmasi boshlig’i. 
2004 - 2005 y.y. - O’zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasi er q’ari geologiyasini o’rganish bo’yicha ishlari koordinasiyasi boshqarmasi boshlig’i.  
2005 - 2007 y.y. - O’zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasining «Davlat geologiya axborot markazi» davlat korxonasi direktori.
2007 - 2010 y.y. - O’zbekiston Respublikasi geologiya davlat qo’mitasi raisining o’rinbosari.
2010 - 2015 y.y. - O’zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasi raisi vazifasini bajaruvchisi.
2015 - 2017 y.y. - O’zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasi raisi.
2017 yil 28 iyuldan O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 376-sonli qaroriga muvofiq "O’zbekiston temir yullari" Aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda. 

I.B.Turamuratov oilali, to‘rt nafar farzandi bor.

  • Jamiyatning sanoat korxonalari faoliyatini tashkil etadi, ularning texnik va texnologik rivojlantirish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil qiladi; 
  • Jamiyatning sanoat ishlab chiqarishi bo'yicha investitsiya dasturlarini shakllantirishni tashkil etadi; 
  • Yangi ishlab chiqarish ob'ektlarini yaratish va sanoat korxonalarining mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilishga investitsiyalarni jalb etish ishlarini tashkil etadi; 
  • Mahsulotni mahalliylashtirish bo'yicha davlat va tarmoq dasturlarini amalga oshirishni ta'minlaydi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni chuqurlashtirishti ta'minlaydi; 
  • Mahsulotni keng ishlab chiqarish va Jamiyatning eksport salohiyatini yanada oshirish, import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish orqali import urnini bosuvchi tovarlarni maqbullashtirishda chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta'minlaydi; 
  • Sanoat kompaniyasi korxonalari, shuningdek, vazirliklar, idoralar va sanoat ishlab chiqarish va tarmoqlararo kooperatsiyasini kengaytirish va o'zaro faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
  • Jamiyat sanoat korxonalarining loyihalash va innovatsion faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
  • Jamiyat korxonalari va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarning raqobatbardoshlik afzalliklarini shakllantirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi; 
  • Mahsulot mustahkamligini doimiy takomillashtirish va moslashuvchanlik darajasini oshirish, prototiplar ishlab chiqarish va ularni sinash, partiyalar va o'rnatish sinov-sanoat birinchi qator tashkilot ishini muvofiqlashtiradi, xarajatlarni, mehnat uchun sarf-xarajatini va moddiy iste'molini kamaytirish; 
  • Ilmiy va texnologik taraqqiyot, yangi texnologiyalarga o'tish va Jamiyatning sanoat ishlab chiqarish korxonalaridagi diversifikatsiya borasidagi jadallashtirish jarayonlarini nazorat qiladi; 
  • Jamiyatning sanoat korxonalaridagi buyurtma portfelini shakllantirish masalalarini nazorat qiladi; 
  • Jamiyatning sanoat korxonalarida o'zlashtirilayotgan mahsulotlari haqida xorijiy mamlakatlar bilan standartlashtirish va sertifikatlashtirish borasida ikki tomonlama ilmiy va texnikaviy hamkorlik bo'yicha ish olib boradi

Tursunqulov O’tkir Nazirovich

Boshqaruv raisi o’rinbosari
  • Telefon

    (+998 71) 238-82-73

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Juma 16:00 – 18:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari


  • mehnat jamoasini ijtimoiy takomillashtirish va jamiyatning kadrlar salohiyatini shakllantirish ishlarini tashkillashtiradi;
  • jamiyat ishchilarining hayoti va turmush tarzini yahshilash, moddiy va ma’naviy talablarini qondirish masalalarini hal qiladi;
  • jamiyat korxona va tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni, intizomni kuchaytirishda mehnat jamoalarining o’rnini oshirishni tashkil qiladi
  • ijtimoiy soha masalalar yechimida ijtimoiy adolatga rioya qilishni nazoratini amalga oshiradi;
  • sog’liqni saqlash, oliy va o’rta mahsus ta’lim, sog’lomlashtirish, dam olish va sport tizimini takomillashtirish ishlarini tashkillashtiradi;
  • Jamiyat korxonalarida uzluksiz ishlab-chiqarish iqtisodiy ta’limni, samarali kasbiy yo’nalish, mehnat an’analarini targ’ib qilish va temityo’lchi kasbining nufuzini oshirishni tashkil qiladi.

Hudoyqulov Oybek Nosirboyevich

Boshqaruv raisining o'rinbosari - ''Toshkent metropoliteni'' unitar korxonasi boshligi
  • Telefon

    (+998 71) 241-65-14

  • Elektron pochta GUP@tashmetro.uz
  • Qabul kunlari

    Payshanba 14:30-16:30

Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1975 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Мillati - o‘zbek. Ma'lumoti - oliy. 

1997 yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha muxandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi.
Temir yo'l sohasida 1997 yildan buyon ishlab keladi.
2016 yil 29 oktyabrdan O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 377-sonli qaroriga muvofiq "O’zbekiston temir yullari " Aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi o‘rinbosari – “Toshkent metropoliteni” Unitar Korxonasi boshlig‘i lavozimida ishlamoqda.
O.N. Hudoykulov oilali, to‘rt nafar farzandi bor. 

  • metropolitenda yo‘lovchi tashish havfsizligini va yo‘lovchilarga hizmat ko‘rsatishni yuqori darajada bo‘lishini ta‘minlaydi; 
  • aholinining metropoliten hizmatlaridan sifatli foydalanish talabini qondirish bo‘yicha chora-tadbirlarini o‘tkazadi; 
  • metropolitenning umumiy boshqarishni amalga oshiradi; 
  • metropolitenda o‘rnatilgan poezdlar harakati va oraliq jadvalini bajarilishi bo‘yicha masalalar echimini ta‘minlaydi; 
  • yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘ini, poezdlar harakati xavfsizligini, atrof muhitni saqlash talablari bajarilishini  nazorat qiladi; 
  • metropolitennig  moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini samaradorligi va rentabelligini oshirishni ta‘minlaydi, ishlab chiqarish va boshqa xarajatlarni qisqartirish, yoqilg‘i-energiya va poezdlar harakatiga sarflanadigan elektrenergiyasidan samarali va oqilona foydalanishni ta‘minlaydi; 
  • metropolitan infratuzilmasi va harakat tarkibini sifatli saqlanishini nazorat qiladi; 
  • metropolitanda mavjud bo‘lgan mexanizm, uskuna, mashina va texnikalarning sozligini ta‘minlash choralarinin ko‘radi; 
  • metropolitenning yangi yo‘nalishlari qurilishi bo‘yicha investitsion loyihalarni boshqari; 
  • Xalqaro metro assotsiatsiyasi va Xalqaro jamoat transporti uyushmasi (MSOT) a‘zosi; 
  • “Toshkent metropoliteni” UKni bevosita boshqaradi.