Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

23:46:15 (GMT +5), seshanba, 11 dekabr 2018

Statistik ma’lumot

"O’zbekiston temir yo’llari" aksionerlik jamiyatining 
 2018 yil 1 yarim yillikda bajarilgan ish ko’rsatkichlar to’g’risida

  statistik ma’lumot             

           Asosiy ko’rsatkichlar                                 Yillar Farqi %
1 yarim yillik 2017 y. 1 yarim yillik 2018 y.
1. Jo’natilgan yuk, mln.tonna 33,11 33,27 100,5
2. Yuk aylanmasi, mlrd.km/tonnasi 11,59 11,64 100,4
3. Yo'lovchilar aylanmasi, mln.km/yo'lovchi 2113,20 2127,23 100,7
4. Tashilgan yo’lovchilar, ming. odam 10,89 11,71 107,5
5. Jo'natilgan yo'lovchilar, ming.odam 10,71 11,51 107,5
6. Umumiy ishchi-xodimlar soni, ming odam 74,40 84,90 114,1
7. Yangi tashkil e'tilgan ish joylar 1223 2467 201,7
8. Daromadlar, mlrd. so'm 2151,0 3665,4 170,4
                                    Yillar Farqi %
1 yarim yillik 2017 y. 1 yarim yillik 2018 y.
9. Eksplutasion temir yo’l uzunligi, km 4303,7
4641,9 107,9
10.    shu jumladan elektrifikasiya yo’li, km 1353,5
1684,5 124,5

"O'zbekiston temir yo'llari" aktsiyadorlik jamiyatining 

2018 yil 1 yarim yillik xisoboti

       2018 yilning 1 yarim yilligida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ bo'yicha 33,27 mln. tonna yuk junatildi.
     Xisobot davrida jamiyatnig yuk aylanmasi hajmi 11,6 mlrd. tonna-km.ni tashkil etdi, jamiyatning barcha qatnovlarida yuk tashish hajmi 47,21 mln. tonn, tashkil qildi.
     Xisobot davrida jamiyatning umumiy daromadlari 3665,4 mlrd. so'mni tashkil etdi va o'tgan yilga nisbatan 1514,3 mlrd. so'm oshdi (2017y.- 2151 mlrd. so'm), shundan yuk tashishdan olingan daromad - 2721,9 mlrd. so'mni tashkil etdi.
     Yo'lovchi aylanmasi xajmi 2127,2 mln. yo'lovchi-km.ni yoki o'tgan yilga nisbatan 100,7 foizni tashkil etdi (2017y.-2113,3 mln. yo'lovchi-km). Tashilgan yo'lovchilar 11,708 mln. kishi yoki o'tgan yilning shu davriga nisbatan 816,3 mingdan ko'p yo'lovchi o'z manzillariga yetkazildi.
      2018 yilning 1 iyul xolatiga "O'zbekiston temir yo'llari" AJdagi umumiy ishchilar soni 84,9 ming kishini, shu jumladan asosiy faoliyatdagi ishchilarning o'rtacha soni 43,9 ming kishini tashkil etdi. Xisobot davrida o'rtacha oylik ish xaqi 1 653 512 sum bo'lib, o'tgan yilga nisbatan 23,4 foizga oshdi.
      Xisobot davrida jamiyatda 2467 ta yangi ish o'rinlari tashkil qilindi, bulardan investitsiya dasturi bo'yicha 757 ta, mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 21 ta, tarmoqni rivojlantirish dasturi bo'yicha 1674 ta hamda kasanachilik bo'yicha 15 ta yangi ish o'rinlarini tashkil qilindi.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3507 sonli qaroriga ko'ra "O'zbekiston temir yo'llari" AJ 15ta investitsiya va infratuzilma loyihalari bo'yicha 324,17 mln. dollar mablag'larga teng bo'lgan ishlarni bajarmoqda, shu jumladan:
-    davlat byudjeta xisobidan 50,72 mln. dollar;
-    O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi xisobidan 86,83 mln. dollar;
-    chet el investitsiyalari xisobidan 115,7 mln. dollar;
-    tijorat banklarining kreditlari xisobidan 25,0 mln. dollar mablag' o'zlashtirish ko'zda tutilgan;
-    jamiyatning o'z mablag'lari xisobidan 45,92 mln. dollar.
    2018 yilning 1 yarim yilligida Investitsion va infratuzilma loyixdlari bo'yicha jami 120,03 mln. doll. miqdorida kapital mablag'lar o'zlashtirildi. Shundan:
-  Davlat byudjeta xisobidan 43,54 mln. dollar, quyidagi investitsion loyixalariga yo'naltirildi: “Toshkent shaxridagi yer osti metropoliten liniyasi qurilishi”, “Urgench- Xiva temir yo'l liniyasi qurilishi”, “Qarshi-Kitob yo'nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo'lovchi poezdlar temir yo'l liniyasini elektrlashtirish”, “Pop-Qo'qon-Andijon uchastkasini elektrlashtirish bilan Angren-Pop yangi elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasi qurilishi” “Buxara-Misken temir yo'l liniyasi qurilishi”;
-    O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi xisobidan 12,47 mln.dollar;
-    chet el investitsiyalari xisobidan 24,82 mln.dollar mablag' o'zlashtirildi;
-   jamiyatning o'z mablag'lari xisobidan 34,79 mln. dollar quyidagi investitsion loyixalariga yo'naltirildi: “Pop-Namangan-Andijon temir yo'l uchastkasini elektrlashtirish”, “Buxara-Misken temir yo'l liniyasi qurilishi”, “Qarshi-Termiz temir yo'l uchastkasini elektrlashtirish”, “Pop-Qo'qon-Andijon uchastkasini elektrlashtirish bilan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yol liniyasi qurilishi” “Urgench-Xiva temir yol liniyasi qurilishi”, “Qarshi-Kitob yo'nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo'lovchi poezdlar temir yo'l liniyasini elektrlashtirish”, “Angren shaxtasining qurilishi”;
      Bundan tashqari 2018 yilda 180 km temir yo'llarni reabilitatsiya qilish, 29 ta lokomotiv, 1500 ta yuk vagoni, 1000 ta yuk va 15 ta yo'lovchi vagonni ta'mirlash va tiklash ko'zda tutilgan.
      2018 yilning 1 yarim
yilligida 90 km yo'l reabilitatsiya qilindi, 138 yuk vagonlari qurildi,
lokomotivlarning 10 ta uchastkasida kapital ta'mirlandi, 430 ta yuk vagonlari
modernizatsiya qilindi.




Yuklash uchun hujjatlar