Takliflarni taqdim etish uchun rezinali podkladkani osti prokladkasini xarid qilish bo‘yicha E’lon

“O‘zbekiston temir yoʼllari” aksiyadorlik jamiyati yo‘l xo‘jaligini qurish, taʼmirlash, shuningdek, texnik xizmat koʼrsatish doirasida.

Eng yaxshi takliflarni topshirishning yakuniy muddati – 2023 yil 14 dekabr, Toshkent vaqti bilan soat 15:00.

1. “O‘zbekiston temir yoʼllari” aksiyadorlik jamiyati, (“Buyurtmachi”) ishlab chiqarish korxonalar va ularning rasmiy dilerlarini (distributorlari) rezinali podkladkani tagiga prokladkani xarid qilish bo‘yicha, muhrlangan elektron yoki konvert shaklidagi takliflarni taqdim etish uchun taklif qiladi.

2. Eng yaxshi takliflarni tanlash barcha manfaatdor ishlab chiqarish korxonalari va ularning rasmiy dilerlari (distributorlari) uchun ochiqdir.

3. To‘lov turlari:

rezidentlar uchun - Buyurtma qilingan tovar partiyasi summasining 15% miqdorida oldindan to‘lov, qolgan 85% to‘lov barcha tovar yetib kelgandan so‘ng.  

norezidentlar uchun - qaytarib bo‘lmaydigan (безотзывный), hujjatli, bo‘linadigan, to‘ldiriladigan akkreditiv;

4. To‘lov valyutasi:

rezidentlar uchunmilliy valyuta, so‘m.

norezidentlar uchun - AQSh dollar, yevro, Rossiya rubli.

5. Yetkazib berish shartlari:

rezidentlar uchun – buyurtmachi ombori, Toshkent sh., Chuqursoy temir yoʼl bekati, “O‘TY АJ bekat kodi 720000.

norezidentlar uchun - DAP Toshkent sh. amaldagi INKOTERMS-2020 qoidalariga binoan.

- O‘zbekiston temir yo‘llari AJ temir yo‘l transporti bilan belgilangan shartlari Sergeli stansiyasi, stansiya kodi-723507, MChJ “Temiryo‘lta’min” liniyaga uzatilgan, kod 7175

- O‘zbekiston Respublikasiga avtotransport yo‘li orqali jo‘natish, Toshkent sh, massiv Sergeli, ko‘cha. Proektnaya G-24, bojxona ombori MChJ «Temiryo‘lta’min», sklad raqami 026/0083.

Yetkazib berish shartlari texnik topshiriqda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.

6. Yetkazib berish vaqti:

rezidentlar uchun tovar partiyasi uchun avans toʼlovi olingan kalendar kundan boshlab 30 kundan oshmasligi kerak.

norezidentlar uchun akkreditiv ochilgan yoki toʼldirilgan kalendar kundan boshlab 60 kundan oshmasligi kerak.

7. Tovarlarni yetkazib berishda taqdim etiladigan texnik va boshqa hujjatlar:

- ЕАC muvofiqlik sertifikati (deklaratsiyasi), (agar mahsulot majburiy sertifikatlanishi deklaratsiyasi bo‘lsa);

- sertifikat va/yoki sifat pasporti;

- tovarning kelib chiqish sertifikati;

- schyot-faktura, yetkazib berish xati va qadoqlash varaqasi.

8. O‘zbekiston Respublikasiga kelib tushgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi:

- rezidentlar - Yetkazib beruvchi hisobidan;

- norezidentlar - Buyurtmachi hisobidan.

Bunda bojxona rasmiylashtiruvi paytidagi qo‘shimcha xarajatlar ishtirokchilarning takliflarini baholashda hisobga olinadi yoki chegirib tashlanadi.

9. Ishlab chiqarish korxonalari va ularning rasmiy dilerlari (distributorlari) tijorat taklifi bilan bir qatorda zarur texnik hujjatlarni (texnik shart va/yoki tovar ishlab chiqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatni, agar ishtirokchi ishlab chiqaruvchi bo‘lmasa, unda ishtirokchi dilerlik/distributorlik shartnomasini taqdim etishi lozim).

10. Ishtirokchilar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, shuningdek ta’sischilar xalqaro Ishtirokchilar va ularga xizmat ko'rsatuvchi banklar xalqaro sanksiyalarda bo‘lmasligi kerak. (Ta’sischilar to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etish va xizmat ko'rsatuvchi bank nomini ko'rsatish kerak).

11. Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, insoniy va boshqa resurslarning mavjudligi; soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzlarning yo‘qligi; ularga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillari mavjud emasligi; vijdonsiz ijrochilarning yagona reestrida yo‘qligi.

Shunindek ishtirokchilar 3-11-bandlarda ko‘rsatilgan barcha kerakli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak.

12. Ishtirokchilar texnik topshiriqlarni quyida yuklab olishlari mumkin.

13. Ishtirokchilar qo‘shimcha ma’lumot olish va texnik topshiriqni o‘rganish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (O‘zbekiston temir yo‘llari, O‘TY)

O‘zbekiston, Toshkent, 100060, ko‘cha T. Shevchenko 7 tel: 998 (71) 237-81-40 e-mail: nt.z@uzrailway.uz, nkz5@uzrailway.uz

14. Ishtirokchilar takliflari quyidagi manzilga yuboriladi: O‘zbekiston, Toshkent sh, 100060, Taras Shevchenko  ko‘chasi 7yoki elektron pochta orkali nt.z@uzrailway.uz (agar taqdim etilgan fayl ishtirokchi tomonidan shifrlangan bo‘lsa elektron taklif arxiviga kirish uchun login va parolni taqdim etadigan mas’ul shaxsnining aloqa raqamlarini ko‘rsatish lozim)

· Mas’ul shaxsning aloqa raqami, elektron pochtasi  ko‘rsatilishi kerak.

· Takliflarni topshirish muddati mobaynida yoki tugashiga qadar: 2023 yil 14 dekabr, Toshkent vaqti bilan 15:00.

Shuni ta’kidlash kerakki, Buyurtmachi ehtiyot qismlar va butlovchi qismlarni yetkazib berish hajmiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Дополнительная навигация по сайту