O‘zbekiston – Qozog‘iston: O‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2024-yil 15-aprel kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Қазақстан темiр жолы” МK” AJ delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda temir yo‘l infratuzilmasini birgalikda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari A.Kamildjanov va “Қазақстан темiр жолы” МК” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari E.Koyshibayev boshchiligida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu muzokaralar O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi davlat rahbarlarining 2024-yil 5-aprelda Xiva shahriga bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuviga bag'ishlangan bo'lib, unda erishilgan kelishuvlarga asosan, Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hududlarida multimodal transport va terminal infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma korxona tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida tomonlar o‘rtasida yig‘ilish Bayonnomasi imzolandi va unga ko‘ra yuqoridagi masalalalarni atroflicha o‘rganib chiqish maqsadida Ishchi guruh tuzish kelishib olindi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI