O‘zbekiston – Afg‘oniston: Dolzarb masalalar muhokamasi

Bugun, 12-aprel kuni, Termiz shahrida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruv rahbarlarining Afg‘oniston temir yo‘llari Boshqarmasi boshlig`i Baxtulrahmon Sharafat boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Afgʻoniston tomoni Oʻzbekistonga ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, Afgʻonistonga/Afgʻonistondan yuk tashish hajmini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va saʼy-harakatlar, shuningdek, yuklarni oʻz vaqtida qayta ishlashda koʻrsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Infratuzilmali loyihalarni, jumladan, Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar temir yo‘l liniyasini qurish loyihasi hamkorlikda amalga oshirish muhimligi qayd etildi. 

Ikki davlat delegatsiyalarining ikki tomonlama uchrashuvi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI