Toshkentda olti davlat temir yoʻllari rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda

Bugun olti davlat – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Turkiya temir yo‘llari rahbarlarining ikki kunlik uchrashuvi o‘z ishini boshladi. Tadbir doirasida “Osiyo Tinch okeani mintaqasi – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Turkiya – Yevropa” xalqaro multimodal yo‘nalishini rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Taʼkidlash joizki,  xalqaro multimodal yo‘nalish bo‘yicha yuklarni uzluksiz tashishni tashkil etish, qo‘shimcha yuk hajmlarini jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, fitting platformalarini o‘z vaqtida yetkazib berish va tarif stavkalarini belgilash masalalarini hal etish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 19-20-dekabr kunlari Toshkent shahrida beshta davlat – Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston temir yo‘llari rahbarlarining xalqaro multimodal yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida tomonlar yakuniy bayonnomani imzoladilar. 2020-yil 23-oktabrda temir yoʻl maʼmuriyatlari (Ozarbayjon, Gruziya, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Turkiya va Oʻzbekiston) rahbarlarining ikkinchi yigʻilishi. 2021-yilning 17-dekabrida esa uchinchi yigʻilish VKS rejimida boʻlib oʻtdi, unda Turkiya tomoni Xalqaro multimodal yo‘nalishni rivojlantirish to‘g‘risidagi protokolga qo‘shildi, tomonlar mavjud tarif imtiyozlarini uzaytirishga ham kelishib oldilar. 

Batafsil ma’lumot yig‘ilishdan so‘ng beriladi.

Axborot-tahlil media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI