AMZ: Hamkorlik memorandumning amaliy oshirilishi

Xabaringiz bor, 2021-yilning 14-18-dekabr kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar markazida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari ishtirok etdi. 

Xususan, “Andijon mexanika zavodi” ShK (AMZ) “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (OKMK) bilan 30 milliard so‘mlik memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, AMZ tomonidan OKMK uchun 29 ta turli modifikasiyadagi vagonlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda shartnomaga asosan bir dona termos-vagon ishlab-chiqarib, bugun, 24 fevral “Ohangaron” temir yo‘l stansiyasiga yetkazib berildi. AMZ mutaxassislari OKMK mutaxassislari bilan birgalikda Chirchiq shahrida yangi sisternaga birinchi to‘ldirish ishlarini amalga oshiradi. 

Taʼkidlash joizki, mazkur memorandumning imzolanishi ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga xizmat qiladi va bu jarayon mamlakatimiz iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi, xususan, Andijon mexanika zavodi faoliyatining rivojiga salmoqli hissa qo‘shishi shubhasizdir.

                                                                                                                                                                               Axborot-tahliliy media markazi
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI