Termiz shahrida baxshichilik maktabi uchun yotoqxona qurilmoqda

Ma‘lumki, joriy yilning 1-2 iyun kunlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida davlatimiz rahbari viloyatdagi Baxshichilik maktabi o‘quvchilari uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati 150 o‘rinli yotoqxona qurib berish topshirig‘ini bergan edi. 

Yakunlanayotgan 2021 yilning 22 dekabr kuni mamlakatimizning janubiy hududi bo‘lgan Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 22-sonli bolalar musiqa, san‘at va baxshichilik maktabi yotoqxonasi qurilishi poydevoriga qoziq qoqildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi boshlig‘i A.Axmedov, Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Q.Omonqulov hamda Termiz shahar baxshichilik san‘atiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internati direktori A.Eshmurzayev va nuroniylar ishtirokida 150 o‘ringa mo‘ljallangan 4 qavatli yotoqxona qurilishi poydevori uchun birinchi qoziq qoqildi. 

Ushbu loyihani qurishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati buyurtmachi sifatida va “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” unitar korxonasi esa bosh pudratchi bo‘lib faoliyat olib bormoqda. Mazkur loyiha qiymati 9 miliard 666 million 127 mingni tashkil etadi.

Ayni kunlarda qurilish ob‘yektida malakali quruvchilardan iborat mutaxassislar va zamonaviy texnikalar jalb etilib, loyiha bo‘yicha dastlabki ishlar boshlab yuborildi. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI