Yo‘lovchilarga bayram chegirmalari haqida e'lon!

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi "2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi PF-35-sonli Farmoniga muvofiq mamlakatimizda ichki yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari tarifidan kiritilgan chegirmalar haqida e'lon qiladi. 

Yuqoridagi Farmonga muvofiq, 2021 yilning 31 dekabr - 2022 yil 4 yanvar, 2022 yil 21-23 mart va 2022 yil 1-2 sentyabr kunlarida quyidagi bayram chegirmalar mavjud:

- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%; 

 - Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta'lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%; 

 -  Oilaviy bo‘lib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;  

- Bir jamoa, guruh bo‘lib poyezdga chiqsa (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida) chiptaning tarif qismidan – 15%; 

- "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga chiptaning tarif qismidan - 10%.

IZOH: Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI