Metro vagonlarining navbatdagi partiyasi taqdimoti

Bugun, 26-oktabr kuni, Toshkent Markaziy temir yo‘l vokzalida Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan 20 ta zamonaviy metro vagonlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021 yil 12 yanvardagi PQ-4943-sonli “Toshkent metropolitenining yer usti liniyasi uchun o‘nta metro poyezdini sotib olish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Toshkent metropoliteni oldiga qo‘yilgan majburiyatlarni bajardi.
  
Harakat tarkiblar dunyodagi eng yirik temir yo'l va shahar relsli transporti uchun harakat tarkibilarini ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblangan – Rossiyaning “Metrovagonmash” AJ da ishlab  chiqarildi. O'zbekistonga yetkazib beriladigan 81-765/766/767 rusumli metropoyezdlari 2016 yildan buyon turli xil korinishda ishlab chiqarilmoqda va ayni paytda ular Moskva, Qozon va Boku metropolitenlarida ekspluatatsiya qilinmoqda. 

Poytaxtimiz metropoliteni uchun yangi ishlab chiqarilgan vagonlar zavodda ozgacha usulda bo'ylgan. Vagonlarning yon tarafi va eshiklari oq rangga bo'yalgan. Butun harakat tarkibi bo'ylab gorizontal ravishda O‘zbekiston milliy bayrog'inining ranglari mujassam etgan chiziq tortilgan. Poyezdning tom qismi havorang tusda, old qismi esa qora rangda boyalgan. Shuningdek old qismida yo'nalishni korsatuvchi elektron satri joylashgan bolib “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ramzi aks etgan.

81-765/766/767 rusumli metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega bo'lib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi dvigatelining qo'llanilishi ekspluatatsion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi. Yangi vagonlarning yana bir qator texnik imkoniyatlari va afzalliklariga quyidagilar kiradi:

— Vagonlar orasidagi germetik “garmoshka” ko'rinishidagi o'tish joylari yo'lovchilar uchun poyezdning boshdan oxirigacha o'tish imkonini beradi va bu bilan harakat tarkibining sig'imini oshiradi;
— Yo‘lovchilar saloni har bir tomonda to'rttadan bo'lgan avtomatik va ikki qavatli eshiklar ornatilgan. Eshiklar 12 foizga kengaytirilgani yo'lovchilarni tasodifan qisilib qolishi oldi olingan;
— Salondagi haroratni ornatilgan kondisioner, isitish va shamollatish tizimi ta'minlab turadi. Shuningdek, shiftda maxsus himoya qutilari ichida joylashgan va havoni ultrabinafsha lampalar yordamida zararsizlantirish tizimi qo'llanilgan;
— Har bir vagon telekanallar translyatsiyasi imkoni bilan birga yo‘lovchilarga zamonaviy ma'lumot uzatish tizimi bilan ta'minlangan;
— Har bir vagon videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, har bir vagonda shift kameralari, shuningdek, shoshilinch aloqa bloklari ustida ham kameralar mavjud, yong'inni avtomatik payqash va o'chirish tizimi ham mavjud;
— Mashinist kabinasida yo'llar hamda harakatlanuvchi sostav vagonlari eshiklarini videokuzatuv tizimi monitori joylashgan.

Metro poyezdlarini xarid qilish Rossiyaning rivojlanishga hissa qo'shadigan loyihalarni amalga oshirish uchun resurslar bilan ta'minlaydigan davlat korporatsiyasi — “ВЭБ.РФ”, shuningdek, uning tarkibidagi “Росэксимбанк” guruhi tomonidan moliyalashtirilmoqda. 2021 yil oxiriga qadar yana 20 ta metro vagoni Toshkentga yuborilishi rejalashtirilmoqda. Eslatib otamiz, 2021-yil aprel oyida “ВЭБ.РФ” va "Toshkent metropoliteni" UK ortasida 40 ta metro vagonini yetkazib berish bo'yicha kredit shartnomasi imzolandi. Kredit liniyasi hajmi 30,4 million evroga teng bo'lib, 12 yilgacha taqdim etilmoqda. 2019 yilda “ВЭБ.РФ” O‘zbekistonga 20 ta metro vagonlarining birinchi partiyasini yetkazib berilishini moliyalashtirdi.

Axborot-tahliliy media markazi