Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

17:44:30 (GMT +5), dushanba, 28 sentabr 2020

Vatandoshlarimiz Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyatidan yo'lovchi poezdi orqali qaytarilmoqda

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya – Qozog'iston davlat chegarasidan o'tkazish masalasi bo'yicha Respublika maxsus komissiyasi hamda Rossiya va Qozogiston tomoni bilan kelishuvga binoan, O'zbekiston fuqarolarini yo'lovchi poyezdlari orqali olib kelish jarayoni amalga oshirilmoqda. Navbatdagi yo'lovchi poyezdi yurtdoshlarimizni Rossiyaning Rostov viloyatidan olib kelishga Toshkentdan junab ketdi.

Gnilovskaya – Toshkent yo'nalishidagi poyezd 918 nafar yo'lovchi bilan 10 avgust kuni yo'lga chiqadi. Ushbu yo'lovchi poyezdida og'ir kasallanganlar va ularga xamrohlik qiluvchilar uchun maxsus joyylar ajratilgan. 

Mazkur reys chiptalari faqat O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun sotilmoqda. Yo'nalishidagi chipta narxi 2.079.700 so'm (14.855 rubl)ni tashkil topdi. Yo'l davomida yo'lovchi poyezdlar faqat texnik ko'rik uchun to'xtatiladi,  ya'ni stantsiya-vokzallarda yo'lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Poezdlar O'zbekiston Milliy gvardiyasi,  Ichki ishlar vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi. 

DIQQAT!  Ushbu reyslarda olib kelingan yo'lovchilar poezdlardan tushishi bilanoq Namangan va Toshkent viloyatlarining karantin zonalariga yuboriladi. Aynan shu jihatni inobatga olgan holda yo'lovchilarning qarindosh va yaqinlari ularni kutib olish maqsadida vokzalga tashrif buyurmasliklarini so'rab qolamiz.  

Eslatib o'tamiz,  ko'rilayotgan karantin choralari sababli,  MDHning qator davlatlarida mamlakatga kirish-chiqishga cheklovlar O'zbekistonda ham joriy etilgan va ular O'zbekiston Respublikasi maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan bekor qilinmagunicha amaldagi kuchga ega.

Shu o'rinda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida mazkur yo'nalishda tashkil etilgan poezdlarga chiptalar turli xil koruptsion sxemalar orqali sotilish holatlari kuzatilayotgani to'g'risida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Transport vazirligi yo'lovchilardan bordi-yu chiptalarni harid qilish vaqtida noqonuniy hatti-harakatlar sodir etilishi bilan bog'liq aziyatlarga duch kelgan taqdirda vazirlikning 1167 qisqa raqamli ishonch telefoniga shuningdek, “O'zbekiston temir yo'llari” AJning (71) 299-94-50 ishonch telefoniga murojaat etishlarini so'rab qolamiz.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish