DAVLAT TILI TARGʻIBOTI BOʻYICHA AMALIY ISHLAR

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi barcha korxona va tashkilotlarda "Davlat tili haqida"gi qonun talablari hamda davlatimiz rahbarining 2019 yil 21 oktyabrdagi "Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator amaliy ishlar tashkil etilmoqda.


Xususan, temir yoʻl vokzal va stantsiyalarida, ishlab chiqarish korxonalari binolarida oʻrnatilgan tashqi reklamalar, peshlavhalardagi yozuvlarning mazmuni mazkur qonun hujjatlari talablariga mos kelishi oʻrganildi.


Oʻtgan hafta transport vazirligi hamda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi huzuridagi kotibiyatning Davlat tilini rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy boʻlimi hamkorligida temir yoʻl tizimidagi bino va inshootlarda reklama, peshlavhalar va e'lonlarning qonun talablariga zid va davlat tilida boʻlmagan barcha turdagi koʻrgazmali axborot matnlarining davlat tilida boʻlishini ta'minlash boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Bir qator talabga javob bermaydigan tashqi yozuvlar oʻzgartirildi, imloviy xatolari toʻgʻirlandi.

Korxona va tashkilot mas'ul rahbarlariga ushbu yoʻnalishdagi ishlarni Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun talablariga muvofiq tashkil etishlari boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyatida davlat tilini rivojlantirish boʻyicha targʻibot-nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI