Qo’shrabot tumanidagi ko'mir masalasiga oydinlik kiritildi

“Qo'shrabot tumanida nega ko'mirning narxi qimmat” rukni ostida e'lon qilingan maqola yuzasidan «O'zbekiston temir yo'llari» AJning «Temiryo'lyonilg'ita'min» boshqarmasi Samarqand birlashgan yong'in ombori xo'jaligiga qarashli “Qo'rolos” ko'mir ombori bo’yicha o'rganish olib bordi.

Samarqand birlashgan yong'in ombori xo'jaligi boshlig'i F.Husainovning ma'lum qilishicha, Qo'shrabot tumanidagi “Qo'rolos” ko'mir ombori xodimlari o'z ish vazifalari nimalardan iborat ekanligini bilmagan holda yolg'on axborot berganligi aniqlangan.

– Shuni ta'kidlash joizki fuqarolarga sotiladigan ko'mir narxlari omborning tashqi va ichki qismida ko'rgazmada belgilab, ko'rsatib qo'yilgan, – deydi Samarqand birlashgan yong'in ombori xo'jaligi boshlig'i F.Husainov. – Bu kabi kamchiliklar kelgusida sodir etilmasligi uchun ombor xodimlari bilan yig'ilish o'tkazilib, ularga tushunchalar berib o'tildi. 

Аniqlangan kamchiliklar yuzasidan Qo'shrabot tumani “Qo'rolos” ko'mir ombori taroziboni vazifasida ishlab kelayotgan A.Yalg'oshev hamda ombor mudiri bo'lib ishlab kelayotgan G'.Mirakovlarga nisbatan tegishli choralar qo'llanildi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda import ko'mir narxi (Qozog'iston) – 1 tonna uchun 635.000 so'm, ko'mir briketi narxi (Angren) – 1 tonna uchun 412.500 so'm va ko'mir narxi (Angren) – 1 tonna uchun 300.300 so'm etib belgilangan.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI