Xayrli aksiyaga ko'mak berildi

Kuni kecha “Tinchlik uchun” Respublika xayriya aktsiyasi doirasida yig'ilgan gumanitar yordamni Afg'oniston Islom Respublikasining Mozori-Sharif shahriga yetkazib berishda “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliy yordam ko'rsatildi.        

 

Ma'lumki, mazkur xayriya aktsiyasi O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan Afg'oniston Islom Respublikasida yashovchi yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 1 sentyabridan 1 oktyabriga qadar bo'lgan muddatda amalga oshirildi. Undan kelib tushgan barcha mablag'lar yoshlar uchun zarur bo'lgan kitob (badiiy adabiyot), o'quv-qurollar, kiyim-kechak va sport anjomlarini xarid qilish uchun sarflanadi. Bularning barchasi Afg'onistondagi ota-ona qaramog'isiz qolgan, og'ir sharoitlarda yashayotgan etnik o'zbeklar va afg'on yoshlarining muammolariga keng jamoatchilik e'tiborini qaratish hamda ularni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan bo'lib, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan qo'shni davlatga poezd va yuk mashinalarida yetkazib berildi.

 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI