Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

04:09:39 (GMT +5), chorshanba, 18 sentabr 2019

Tranzit: Afg'onistondan Xitoyga birinchi konteyner poyezdi

Bugun, 05.09.2019 yil, Afg'oniston Islom Respublikasidan Xitoy Xalq Respublikasiga birinchi konteyner yukining eksportiga bag'ishlangan ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Yarim qayta ishlangan talk mineral toshi yuklangan 41 ta konteyner Xayroton stantsiyasidan yo'lga chiqadi va Do'stlik ko'prigi – Amudaryo temir yo'l-avtomobil ko'prigidan O'zbekiston Respublikasi va Qozog'iston orqali Xitoy tomon xarakatlanmoqda.

   

Ochilish marosimida Prezident ma'muriyati, transport vazirligi, Afg'oniston temir yo'l ma'muriyati, Balx viloyati gubernatori, Xayraton shahar hokimligi, shuningdek, Afg'oniston Islom Respublikasidagi O'zbekiston, Qozog'iston va Xitoy elchixonalari vakillari, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ vakillari ishtirok etdilar.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Afg'oniston bilan ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishni davom ettirmoqda va qo'shni mamlakatda tinch hayotni tartibga solish bo'yicha xalqaro sa'y-harakatlarda faol ishtirok etmoqda. Barcha darajadagi ishonchli aloqalar, ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy munosabatlarida O'zbekiston va Afg'onistonning ikki tomonlama hamkorlikdagi barcha sohalarida aniq namoyon bo’lmoqda. Xususan, temir yo'l sohasida o'zaro manfaatli hamkorlik va ikki davlat munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. 

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish