Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

04:25:41 (GMT +5), chorshanba, 18 sentabr 2019

“Sharg'unko'mir” AJ ishchi-xodimlari bayram tantanalarini ko'tarinki ruhda kutib olmoqda

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi hamda Konchilar kasb bayrami munosabati bilan aktsiyadorlik jamiyatida bayram tadbiri keng nishonlandi. “Sharg'unko'mir” AJ tizimidagi qariyib 500 nafar ishchi-xizmatchilar, xitoylik hamkorlar bayram dasturxoni atrofida yig'ilishdi.

  

Tadbiri davomida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruv raisi o'rinbosari Omonov H., Sariosiyo tuman hokimi Jo'raev A. “O'zbekko'mir” AJ bosh direktori o'rinbosari Abdullaev X., “Sharg'unko'mir” AJ bosh direktori Ochildiev A. va boshqalar so'zga chiqib, barcha konchi, mehnat faxriylari va ishchi-xodimlarini O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi hamda Konchilar kasb bayrami bilan tabriklab, ularga o'z bayram tabriklarini izhor etdilar.

  

Tadbir davomida “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Xasilov X. va O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Sabirov Q.lar  nomidan bir guruh faol ishchi-xodimlarga esdalik sovg'alari topshirildi. Shuningdek, “O'zbekko'mir” AJ raxbariyati tomonidan 3 nafar “Sharg'unko'mir” AJ ishchi-xodimlari 3-darajali “Konchilik shuxrati” ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar. 

Tadbirda shuningdek, korxonada investitsiya loyihasini amalga oshirilishida hamkorlik qilayotgan xitoylik hamkorlarga “Tashakkurnoma” e'lon qilib, ularga o'zining chuqur minnatdorchiligini bildirib, kelajakdagi hamkorligimiz bundanda mustahkam va bardavom bo'lishini, ishonib topshirilgan investitsiya loyihasini muvofaqqiyatli o'z vaqtida topshirilishi bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish