Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik

ShHTga a'zo davlatlar temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlarining ikkinchi uchrashuvi arafasida 2019-yil 29-iyul kuni Pekin shahri (Xitoy)da uch kunlik ekspertlar yig'ilishi boshlandi.

Ishchi guruh yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligining avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti va temir yo'l transportini rivojlantirish departamenti vakillari hamda "O'zbekiston temir yo'llari"AJ mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etmoqda.

Rossiya raisligida o‘tayotgan mazkur uchrashuv ishtirokchilari transport sohasidagi hujjatlarning bir qator loyihalarini muhokama qilmoqdalar. Yig'ilishning birinchi kunida temir yo'l sektorining hujjatlari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar ShHTga a'zo davlatlarning temir yo'l ma'muriyatlari (temir yo'llari) o'rtasidagi o'zaro hamkorlik konsepsiyasi loyihasini ko'rib chiqish uchun muhokama qilishdi va qabul qildilar.

30 iyul kuni esa avtomobil yo'llari mutaxassislari bilan birgalikda avtomobil tashuvlari sohasida integratsiyalashgan transport boshqaruv tizimlarini tashkil etish bo'yicha hukumatlararo bitim loyihasi muhokama etiladi. Yig'ilishning uchinchi kunida esa eksperlar ShHT a'zo davlatlarning avtomobil` yo'llarini rivojlantirish dasturini muhokama etishadi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI