Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

09:52:04 (GMT +5), seshanba, 19 mart 2024

Bitiruvchilar temir yoʻl tashkilotlariga ishga taqsimlandi

Toshkent davlat transport universitetining ilmiy-anjumanlar zalida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi transport prokuraturasi hamkorligida Toshkent temir yoʻl muhandislari institutining soʻnggi bitiruvchilarini ishga taqsimlash va yoʻllanma berish marosimiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

 

Unda Oʻzbekiston Respublikasi transport prokurorining katta yordamchisi A.Tursunov, Oʻzbekiston Respublikasi transport prokuraturasi boʻlim boshligʻi S.Muxtorov, Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Hamroliev, Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boʻlimi boshligʻi A.Mavlonov, universitet rahbarlari, professor-oʻqituvchilari hamda magistratura va bakalavriyat yoʻnalishlarini tamomlagan bitiruvchi yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ma'lumki, Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini 2019/2020 oʻquv yilida jami 1078 nafar bitiruvchi tamomladi. Mazkur bitiruvchilarni bandligini ta'minlash maqsadida tarmoq tasarrufidagi tashkilotlar  oʻrtasida ishga qabul qilish boʻyicha oʻzaro mehnat shartnomasi imzolanib, magistratura va bakalavriat yoʻnalishlarini davlat granti va shartnoma asosida tamomlagan, yetuk bilim va salohiyatga ega 735 nafariga ishga yoʻllanmalar taqdim etildi. Ayni damda pandemiya sharoiti davrida korxonalardagi ish jarayonlaridan kelib chiqilgan holda qolgan 343 nafar bitiruvchilarni ham ish bilan ta'minlashga astoydil harakat qilinayotganligi aytib oʻtildi. Undan tashqari temir yoʻl tasarrufidagi kasb-hunar kollejlarini tamomlagan 1237 nafar bitiruvchilarni ham ish bilan ta'minlashga astoydil bel bog'lanib, har birini oʻz xohish-istagidan kelib chiqqan holda ishga taqsimlanayotgani alohida ta'kidlandi.

Eng ahamiyatlisi, Rossiya Federasiyasi oliy ta'lim muassasalarini hamda institutning magistratura yoʻnalishini tamomlagan bitruvchi yoshlarning aksariyat qismi kelajak avlodlarga ta'lim-tarbiya berishi hamda sohaga yetuk kadr sifatida tayyorlash borasidagi salohiyat va qobiliyatini namoyon etgan mutaxasislar Toshkent davlat transport universitetiga ishga qabul qilindi. Jumladan, bitiruvchilar tarmoq tasarrufidagi 6ta mintaqaviy temir yoʻl uzellariga, korxona va zavodlariga, "Toshkent metropoliteni" unitar korxonasiga, "Navoyi togʻ-metallurgiya kambinati" hamda "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatlariga ishga taqsimlandi.

Axborot-tahliliy media markazi






   



“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish