Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

23:43:04 (GMT +5), juma, 26 aprel 2024

Metropoliten vagonidagi tiqilib qolgan drenaj tizimi bo'yicha sharh

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi metro vagoni tomidan suv tomchilari sizib chiqayotgani aks etgan video tarqalmoqda.

Ushbu hodisa bo'yicha shuni ma'lum qilamizki, mazkur holat vagon ichidagi iqlim tizimining drenaj teshigi tiqilib qolganligidan hosil bo'lgan. Shunday qilib videolarda namoyish etilganidek vagon saloniga tomdan sizib kirgan suv tomchilari bu yomg'ir suvi emas, balki konditsioner tizimining kondensatidir. 

Ayni paytda ushbu muammo bartaraf etildi. Kelib chiqqan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

“Toshkent metropoliteni” UK

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish